Islom ovozi

Fitnalar botqog'i


Listen Later

Axloqning eʼtiqodga taʼsiri haqida suhbatdan. Yaxshi xulq iymonni kuchaytirishi, yomon xulqlar iymonni susaytirib borishi haqida.

قالَ حُذَيفةُ رضي الله عنه: سمِعتُ رسولَ اللَّهِ صلَّى اللَّهُ علَيهِ وسلَّمَ يقولُ:

«تُعرَضُ الفتنُ عَلَى القُلُوبِ كَالحَصِيرِ عُودًا عُودًا فأيُّ قَلْبٍ أُشرِبَها نُكِتَ فيهِ نُكْتَةٌ سَودَاءُ وَأيُّ قَلْبٍ أنْكَرَها نُكِتَ فيهِ نُكتةٌ بَيْضَاءُ حَتَّى تَصِيرَ عَلَى قلبَينِ عَلَى أبْيَضَ مِثْلِ الصَّفَا فَلاَ تَضُرُّهُ فِتْنَةٌ مَا دَامَتِ السَّمَاوَاتُ وَالأرْضُ والآخَرُ أسْوَدُ مُرْبَادًّا كَالكُوزِ مُجَخِّيًا لاَ يَعْرِفُ مَعْرُوفًا وَلاَ يُنْكِرُ مُنكَرًا إلاَّ مَا أُشْرِبَ مِنْ هَوَاهُ».

رواه الإمام مسلم وغيره.

«Fitnalar qalblarga xuddi bo‘yra cho‘piga o‘xshab bitta-bittadan yopisha boshlaydi. Qaysi bir qalb uni qabul qilsa o‘sha qalbga bir dona qora nuqta qo‘yiladi. Qaysi bir qalb uni inkor qilsa unga bir oq nuqta qo‘yiladi. Shunday davom etaveradi to ikki xil qalbga aylangunga qadar: biri osmonlaru Yer davom etib turgan muddatgacha (sobitqadam) turaveradigan, hech qanday fitna unga zarar keltira olmaydigan, katta silliq toshdek oppoq qalb. Ikkinchisi kir bo‘lib ketgan, to‘ntarilib yotgan ko‘za kabi qop-qora qalb, bunday qalb na biror bir yaxshilikni biladi, na munkar – yomonlikni inkor qiladi, magar o‘zining havoi nafsiga o‘rnashib qolgan narsanigina (o‘ziga yoqsa yaxshilik, o‘ziga yoqmasa yomonlik deb turaveradigan bo‘lib ketadi)!». (Imom Muslim va boshqa muhaddislar rivoyat qilishgan.)

© Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

...more
View all episodesView all episodes
Download on the App Store

Islom ovoziBy Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li


More shows like Islom ovozi

View all
Abdulloh Domla by Ansar

Abdulloh Domla

6 Listeners