Sign up to save your podcasts
Or

Biz bugundan eʼtiboran Allohning madadi va tavfiqi bilan «Nazratunnaiym fiy axloqir-Rasulil-kariym» qomusiga asoslangan holda yangi mavzuda suhbatlar silsilasini eʼlon qilishga boshlaymiz. Bu mavzu «Inson, hayot, sinov», deb nomlanadi. Suhbatlar davomida tilga olinadigan masalalar har bir musulmon uchun muhim ilmiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, insonning haq eʼtiqodda bo‘lishiga va dunyo hayotida to‘g‘ri yo‘ldan borishiga yordam beradi.
Suhbatlarimiz – inshoalloh – taqriban 20 soatga mo‘ljallanadi va 3 qismdan iborat bo‘ladi:
Maʼruzalarning birinchi qismida biz avvalo o‘z nafsimiz bilan tanishamiz va umid qilamizki, o‘zimizning kim ekanimizni yaxshiroq anglay boshlaymiz. Buning eng katta foydasi – o‘zini tanigan odam o‘ziga-o‘zi to‘g‘ri muomala qiladigan bo‘ladi va boshqalardan ham shundan ortig‘ini kutmaydi.
Suhbatning ikkinchi qismi dunyo hayotining mohiyati haqida bo‘lib, u faqat 1ta suhbat bilan kifoyalanadi. Zero, olam hayoti borliqning paydo bo‘lishi va umumbashariy eʼtibor bilan nechog‘lik eski va hali yana qancha asrlar uzoq davom etadigan bo‘lmasin, yakka shaxsga nisbatan olganda u juda ham qisqa muddatdan iboratdir. Shunday ekan, dunyoning o‘zi haqidagi gapni qisqaroq qilib, tezroq zarur ishlarga o‘tish lozim ekani tushunarlidir.
Asosiy masala uchinchi bo‘limda keladi va u hayot sinovlariga bag‘ishlanadi. Biz bu bo‘limda hayot sinovlarining turlari va hikmatlari nihoyatda serqirra ekanini ko‘ramiz. Sinovlar o‘zining o‘zgarmas temir qonuniyatlariga ega ekanligi va bu qonunlarni yaxshi bilgan, ularga to‘g‘ri amal qilgan inson – inshoalloh – sinovlardan yaxshilik bilan o‘ta olishiga yana bir karra ishonch hosil qilamiz. Hayot imtihonining maʼnosini tushunib yetmagan, binobarin, u bilan hamohang qadam tashlay olmagan kimsaning bu yo‘lda yiqilib qolishidan ogoh bo‘lamiz.
Suhbatlar mavzusi “Nazratunnaiym” mualliflari taʼkidlaganlaridek, keng omma uchun ham, jamiyatning alohida qatlamlari uchun ham birdek muhimdir. Zero, hayot sinovlaridan xoli biror shaxs, guruh, jamiyat yoki davlat bo‘lmaydi.
Inson va nafs mavzusidagi birinchi dars
© Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com
By Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'liBiz bugundan eʼtiboran Allohning madadi va tavfiqi bilan «Nazratunnaiym fiy axloqir-Rasulil-kariym» qomusiga asoslangan holda yangi mavzuda suhbatlar silsilasini eʼlon qilishga boshlaymiz. Bu mavzu «Inson, hayot, sinov», deb nomlanadi. Suhbatlar davomida tilga olinadigan masalalar har bir musulmon uchun muhim ilmiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, insonning haq eʼtiqodda bo‘lishiga va dunyo hayotida to‘g‘ri yo‘ldan borishiga yordam beradi.

6 Listeners