Islom ovozi

Namoz oxirida o'qiladigan muborak duo


Listen Later

«اللَّهُمَّ أعِنَّا عَلَى ذِكْرِكَ، وَشُكْرِكَ، وَحُسْنِ عِبَادَتِكَ»

«Ey Alloh, Sening zikringni bajo qilishim, Senga shukrona etishim, Senga go‘zal tarzda (mukammal darajada) ibodat qilishim uchun menga O‘zing yordam bergin». (Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari. Shayx Alboniy sahih sanagan)

(”Go‘zal xulqlar” silsilasi /”15-suhbat: Shukr – iymonning ikkinchi yarmi (1)” darsidan lavha).

Ushbu zikrni namozning oxirida salom berishdan oldin o‘qish afzalroq. Vallohu aʼlam.

Ibn Qayyim rahimahulloh aytadilar:

قال ابن القيم رحمه الله في «زاد المعاد» (1/294) : «ودبر الصلاة يحتمل قبل السلام وبعده ، وكان شيخنا [أي ابن تيمية] يرجح أن يكون قبل السلام ، فراجعته فيه ، فقال : دبر كل شئ منه كدبر الحيوان » انتهى .

«Hadisda “Duburassolat” deb aytilgan kalimadan namozning oxirida salom berishdan oldingi lahza ham, salom berilgandan keyingi lahza ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi ehtimoli bor. Shayximiz (yaʼni, Ibn Taymiyya) salom berishdan oldingi lahza ko‘zda tutilgan bo‘lishi ehtimoli kuchliroq deb aytardilar». (Zodul-maod kitobi: 1/294)

© Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

...more
View all episodesView all episodes
Download on the App Store

Islom ovoziBy Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li


More shows like Islom ovozi

View all
Abdulloh Domla by Ansar

Abdulloh Domla

5 Listeners