Inklyuziv suhbat

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun raqamli sharoitlarni qanday yaratishimiz mumkin?


Listen Later

🌎 Har yili may oyining uchinchi payshanbasi kuni (bu yil — 15 may), Butunjahon raqamli sharoitlar haqida xabardorlik kuni (Global Accessibility Awareness Day, GAAD) nishonlanadi. Bu global tashabbus veb-saytlar, dasturiy ta'minotlar, mobil ilovalar va boshqa zamonaviy texnologiyalar hamma uchun, jumladan nogironligi bor va boshqa ehtiyojlari bor insonlar uchun ham qulay va foydalanishga sharoitlar bo‘lishi kerakligini eslatib turadi.

🎙 Shu kun munosabati bilan "Inklyuziv suhbat"imizning navbatdagi mehmoni raqamli sharoitlar bo‘yicha ekspert, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (my.gov.uz) rivojlantirish bo‘limi mutaxassisi — Abdulaziz Salimov. Suhbatimiz davomida Abdulaziz bilan raqamli dunyoda turli xil nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan to‘siqlar va ularning yechimlari, my.gov.uz dagi yillik faoliyati va boshqa masalalar haqida gaplashdik. 

💬 Suhbatimiz haqida nima deb o‘ylaysiz? Sizga foydali bo‘ldimi? Keyingi suhbatimizga kimni taklif qilay? Izohlarda fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni kutib qolaman.

🇺🇿 O‘zbekistonda raqamli xizmatlar hamma uchun qulaymi? Onlayn makondagi to‘siqlarni qanday aniqlash va umumiy foydalanish imkoniyatini qanday ta’minlash kerak? Abdulaziz bilan birga yozgan "Raqamli dunyo barchaga qulay bo‘lishi kerak" maqolamizni Gazeta.uz da o‘qing (Lotinchada, Кириллчада, на русском).


Muqova: Alina Olimova

Faoliyatim haqida ko‘proq ma’lumot vebsaytimda: www.dilmurad.me

Tirikchilik orqali faoliyatimni qo‘llab-quvvatlasangiz bo‘ladi.

Telegram kanalimga obuna bo‘ling.

...more
View all episodesView all episodes
Download on the App Store

Inklyuziv suhbatBy Dilmurad Yusupov