
Sign up to save your podcasts
Or


From the publisher's feed
Ushbu voqeani yozayotganimda avvaliga rosa kuldim. Bir kuni yarim kechasi shunchalik qattiq kulibmanki,ovozim turmush o‘rtog‘imni cho‘chitib yuboribdi. Qarasam, eshikdan mo‘ralagancha meni…
– Nima bo‘lardi, ovozingni eshitib, bu xotin aqldan ozdimi deb o‘yladim. Bu kitobning yozuvchisi shunchalik kulayotgan ekan, o‘quvchisi nima qiladi? – dedi.
Oradan kunlar o‘tib, ayni kitobni yozar ekanman, ko‘z yoshlarim shashqator oqayotgan edi. Erim meni bu safar yig‘layotgan holimda ko‘rdi.
– Alloh, Alloh! Bu qanday kitob o‘zi? Juda qiziqib ketyapman.
Vallohi, yozishni tugatishing bilan o‘qib chiqaman, – dedi qiziqsinib.
Nihoyat, tugadi.
Yillar davomida o‘nlab marta, qayta-qayta bosildi. Yurtimizda, G‘arbda, ayrim musulmon mamlakatlarda bu asar asosida spektakllar sahnalashtirildi. Endi bir narsani bilgim kelyapti: kitobni qo‘lingizga olib o‘qishni boshladingiz. Siz ham men kulgan joyda kulib, men yig‘lagan joyda yig‘larmikinsiz?..
Amina Shenliko‘g‘li
2005 yil, Istanbul
Hosted on Acast. See acast.com/privacy for more information.