GASHTAK

GASHTAK

Download on the App Store

GASHTAK episodes

  • O‘zbekistonliklar barcha tovarlarga qimmatroq to‘laydi - Behzod Xoshimov, Nodirbek Nuritdinov

    Nega O‘zbekistonda ko‘plab tovarlar qimmat? Bojlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qiladimi? Erkin savdo iqtisodiy o‘sishga qanday ta’sir qiladi va uning jamiyat uchun qanday oqibatlari bor? Shuningdek, suhbat mavzularidan:

    • Erkin savdo va uning tarixiy rivojlanishi
    • Savdo cheklovlari, bojlar va soliqlarning iqtisodiyotga ta’siri
    • Davlat va xususiy biznesning iqtisodiyotdagi o‘rni
    • Daromadlar tengsizligi, boylik va resurslar taqsimoti
    • “Tekshirish teatri” va uning fojiali oqibatlari
    • Amazon, bozor raqobati va 2008-yilgi moliyaviy inqiroz
    • O‘zbekistonda narxlar va xalqaro savdo imkoniyatlari
    1 hr 49 min
  • Kun.uz asoschisi, Daryo bosh muharriri - nega ishidan ketdi? Muhrim Aʼzamxoʻjayev

    Gashtak podkasti yangi mehmoni - jurnalist, Kun.uz asoschisi va Daryo saytining sobiq bosh muharriri Muhrim A'zamxo'jayev. Jurnalistika, davlat mediasidagi chegaralar, propaganda va erkinlik, ijodda moliyaviy barqarorlik hamda O'zbekistonning kelajagi haqida ochiq va samimiy suhbat qildik. Suhbat mavzularidan:

    • Asosiy ishidan nega ketdi?
    • Gazeta.uz dagi ish faoliyati
    • Qanday media loyihasini boshlash ma'qul?
    • Yangiliklarni o'qish sog'liqqa zarar!
    • Propaganda va PR jurnalistikaga kerakmi?
    • Ijodda moliyaviy erkinlik bormi?
    • "Lolazor" loyihasidagi ishtiroki haqida
    • O'zbekistonga protestlar kerakmi?
    1 hr 36 min
  • Noto'g'ri tushunilishim mumkin, lekin baribir aytaman - Teacher Azam

    Gashtak podkastining yangi mehmoni - Azam Qahramoniy yoki Teacher Azam, ingliz tili o‘qituvchisi va Englify platformasi asoschisi. Ingliz tili, ta’lim va tarbiya, tanqidiy fikrlash, jamiyatdagi “uyat” tushunchasi, insonning zaif nuqtalari, ochiq tanqid va blogerlik haqida ochiq suhbat qildik. Ingliz tili biz uchun imkoniyatmi yoki qochish yo‘limi? Bolalikdagi tarbiya va maktabdagi tanqid insonning keyingi hayotiga qanchalik ta’sir qiladi? Nega o‘z fikrimizdan ko‘ra boshqalarning fikridan ko‘proq qo‘rqamiz? Va ochiq gapirishning o‘z narxi bormi? Suhbat davomida: • Tanqidiy fikrlash va raqobat bizga nima beradi? • Ta’lim va tarbiyada qat’iy intizom ta’siri? • O‘zbek oilalaridagi “uyat” • Milliy g‘oyani kim va qanday shakllantiradi? • Ochiq tanqid, senzura va blogerlikning kelajagi • Duolingo, subtitr bilan film ko‘rish va ingliz tilini mustaqil o‘rganish haqida ham gaplashdik.

    1 hr 50 min
  • Hazillar ortida yechilmagan muammolar bor - Mirshakar Fayzulloyev, Islom Karimov

    Gashtak podkasti yangi mehmonlari - stand-up komik, prodyuser Mirshakar Fayzulloyev va Islom Karimov. Ijod, jamoa boshqarish, pul va egoistlik, senzura chegaralari va "ichingizdagi bola"ni yo'qotmaslik haqida ochiq hamda samimiy suhbat qildik. Podcast mavzularidan:

    • MTV show nega to'xtadi va qayta boshlanadimi?
    • Standup klub ekosistemasi qanday quriladi?
    • Komik bo'lish uchun diplom kerakmi?
    • Hazil qanday yoziladi - sahna ortidagi "formula"
    • Nega pul topish standup uchun eng qiyin masala?
    • Yumorda chegara qayerda?
    • Egoist bo'lish yomon emas!
    1 hr 39 min
  • Siz yashay olmagan hayotni undan talab qilmang - Aziz Rahimov

    🎙️Gashtak podkasti yangi mehmoni - tadbirkor, “Rahimov School” asoschisi, Aziz Rahimov. Shifokorlikdan ta'lim sohasiga o'tish, kasb tanlashdagi katta qarorlar, ota-onalarning farzand kelajagidagi o'rni va zamonaviy ta'lim haqida ochiq hamda samimiy suhbat. Suhbat mavzularidan:

    • Shifokorlikdan ta'limga o'tish sababi nima?
    • Ota-ona orzusini bolaga yuklash
    • Chet elda farzand tarbiyasi va diasporlar
    • Rahimov maktablari ichki tizimi
    • O'zbekistonga qanday mutaxassislar kerak?
    • Ijod, kundalik yozish va o'z-o'zini anglash
    • Maktabni sotish taklifi va meros
    2 hr
  • 1,5 yilda - boshqa odam! - Islom Khalikov

    Yangi Sog'lom Gashtak mehmoni - bir vaqtlar 135 kg og'irlikda bo'lgan Islom Xalikov, "Temir Intizom" orqali bugungi kunda o'z hayotini butunlay o'zgartirib, minglab odamlarni ilhomlantirib kelmoqda. Podkast mavzularidan:

    • 135kg → 85kg transformatsiya
    • Ovqatlanish sportdan ko'ra muhimroq
    • O'zgarish, qarorlar va jamiyat bosimi
    • Sog'lom turmush tarzining cho'ntakka ta'siri
    • Intizomni shakllantirish uchun amaliy maslahatlar

    Suhbatni do'stlaringizga ulashishni va izohda o'z fikrlaringizni yozishni unutmang! Kanalga obuna bo'ling va yangi suhbatlarni birinchilardan bo'lib ko'ring!

    52 min
  • Sahroda tirik qolish uchun 270 km! Sog’lom Gashtak

    Sog‘lom Gashtakning navbatdagi sonida Sahro qiyinchiliklarini yengib o‘tgan yurtdoshimiz Farhod Furkatov bilan suhbatlashdik. Bu yugurish ortida 8 ta o‘zbek yigitini birlashtirgan buyuk bir maqsad - "Ezgu Amal" fondi orqali onkologik kasallik bilan kurashayotgan bolajonlar hayotini saqlab qolish missiyasi turgan edi. Podkast mavzularidan:

    • Sahroda 270km yugurish muhiti va tayyorgarlik jarayonlari
    • "Ezgu amal" xayriya fondi loyihasi
    • "Shu narsa senga kerakmidi?" degan ichki fikrlar
    • Jamoaviy qo‘llab-quvvatlash va "8 ta yurak" birdamligi
    • jismoniy hamda psixologik farqlar qiyinchiliklar
    52 min
  • Siyosatchilarga rahmim kelmaydi - Ibrat Safo

    Podkastimizning yangi sonida - BBC O'zbek Xizmati (bbc.com/uzbek) Ibrat Safo bilan jurnalistika sohasidagi 20 yillik tajriba, Vatan, shaxsiy xavf, muhim qarorlar va boshqa qiziq mavzularda gashtaklashdik. Suhbat davomida:

    • Jurnalistlar hukumat uchun xavfmi?
    • Internet zamonida jurnalistikaning o’rni
    • Diktatura, demokratiya va BBC
    • O'zbekistondagi jurnalistlarga bosim
    • Shaxsiy qarorlar va tajribalari haqida bilib oling
    1 hr 17 min

About GASHTAK

From the publisher's feed

Global O'zbekistonliklar podcasti. Maqsadimiz dunyo o'zbeklarga havas qilsin!

Instagram: