Islom ovozi

Islom ovozi

By Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'liReligion & SpiritualityIslam
Download on the App Store

All Islom ovozi episodes

  • Nafsingizni tanib oling
    • Nafs, ruh, jon, aql – sirli mavjudotlar;
    • Inson yaralmasdan avval kim edi?
    • Inson jismi nimalardan tarkib topgan?
    • “Ammora”ning kirdikorlari;
    • Yaxshi xulqlarni qoralab ko‘rsatish;
    • Fazilatmi yoki axloqsizlik?
    • Xursandlik va xafalik: nafsdami yoki qalbda?
    • «Musulmon bo‘lganimdan xursand bo‘lib ketayapman»
    • Surati bir xil, maʼnosi har xil ishlar;
    • Istiozaning fazilati;
    • Bir tomon kuchaysa…
    • “Ammora”ning kuchi – aqlning zaifligi.
    • © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

      51 min
    • "Ammora" nafsning ishlari
      • Har bir insonga shayton va farishta uchun yo‘l bor;
      • Shaytonning qiziqtirishi – vasvasa, malakning ishi – ilhom;
      • Shayton – «nafsi ammora»ning yo‘ldoshi;
      • Havo – shaytonning inson tanasidagi quroli;
      • Agar dushman mamlakatga bostirib kirsa …
      • Shayton va uning askarlari talabi;
      • «Nafsi mutmainna» uchun eng og‘ir ish;
      • Ichingizdagi urushdan xabaringiz bormi?
      • Nafsning nifoq va yolg‘onlari;
      • “Ammora”ning aql va qalbni sehrlashi;
      • Ko‘pgina odamlarning aqllari bolalarcha.
      • © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

        56 min
      • "Mutmainnah" — uyg'oq, xotirjam nafs
        • Uyg‘oqlik – barqaror nafs belgisi;
        • Bizning nafsimiz mudroqmi yoki uyg‘oq?
        • Amallarga kim muvaffaq qilmoqda?
        • Barcha yomonlikka loyiq kim bor?
        • Sizning asli hurmatingiz qancha?
        • O‘zining ayblari va yomonligini ko‘ra bilish;
        • Uyg‘oqlik – vaqt qiymatini anglashda;
        • Vaqtingizga “baxilmisiz?”
        • «Nafsi lavvoma»ning turlari;
        • «Nafsi ammora»dan ehtiyot bo‘ling;
        • Ichingizdagi “davlat”ning tuzilishi;
        • “Mutmainna” va “ammora”ning hamrohi;
        • Mo‘minning askarlari.
        • © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

          1 hr 7 min
        • Nafs barqarorligi — qalbning shodligi
          • Insonda nechta nafs bor?
          • Nima uchun “mutmainnah” (مطمئنة) deb nomlandi?
          • Barqarorlik (الطمأنينة)  qayerdan va qanday paydo bo‘ladi?
          • Qalbning bezovtaligi va osoyishtaligi;
          • Oxirat xaqida barqaror ishonch;
          • Taqdirga iymon – mustahkamlik timsoli;
          • Barqaror nafs – qalb shodligi;
          • Eng buyuk va qimmatbaho hadya;
          • Oxirat shodligi dunyodagi shodlikka yarasha;
          • Bu shodlikka yetish osonmi?
          • Aʼzolar mukammal bo‘lmasa…
          • Qalbning mukammalligi, shodligi va lazzati;
          • O‘zimizga va atrofga bir nazar;
          • Aldamchi xotirjamlik.
          • © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

            56 min
          • Inson, Hayot, Sinov

            Biz bugundan eʼtiboran Allohning madadi va tavfiqi bilan «Nazratunnaiym fiy axloqir-Rasulil-kariym» qomusiga asoslangan holda yangi mavzuda suhbatlar silsilasini eʼlon qilishga boshlaymiz. Bu mavzu «Inson, hayot, sinov», deb nomlanadi. Suhbatlar davomida tilga olinadigan masalalar har bir musulmon uchun muhim ilmiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, insonning haq eʼtiqodda bo‘lishiga va dunyo hayotida to‘g‘ri yo‘ldan borishiga yordam beradi.

            Suhbatlarimiz – inshoalloh – taqriban 20 soatga mo‘ljallanadi va 3 qismdan iborat bo‘ladi:

            • 1. Inson nafsi va uning sifatlari;
            • 2. Dunyo hayotining mohiyati;
            • 3. Hayot sinovlari.
            • Maʼruzalarning birinchi qismida biz avvalo o‘z nafsimiz bilan tanishamiz va umid qilamizki, o‘zimizning kim ekanimizni yaxshiroq anglay boshlaymiz. Buning eng katta foydasi – o‘zini tanigan odam o‘ziga-o‘zi to‘g‘ri muomala qiladigan bo‘ladi va boshqalardan ham shundan ortig‘ini kutmaydi.

              Suhbatning ikkinchi qismi dunyo hayotining mohiyati haqida bo‘lib, u faqat 1ta suhbat bilan kifoyalanadi. Zero, olam hayoti borliqning paydo bo‘lishi va  umumbashariy eʼtibor bilan nechog‘lik eski va hali yana qancha asrlar uzoq davom etadigan bo‘lmasin, yakka shaxsga nisbatan olganda u juda ham qisqa muddatdan iboratdir. Shunday ekan, dunyoning o‘zi haqidagi gapni qisqaroq qilib, tezroq zarur ishlarga o‘tish lozim ekani tushunarlidir.

              Asosiy masala uchinchi bo‘limda keladi va u hayot sinovlariga bag‘ishlanadi. Biz bu bo‘limda hayot sinovlarining turlari va hikmatlari nihoyatda serqirra ekanini ko‘ramiz. Sinovlar o‘zining o‘zgarmas temir qonuniyatlariga ega ekanligi va bu qonunlarni yaxshi bilgan, ularga to‘g‘ri amal qilgan inson – inshoalloh – sinovlardan yaxshilik bilan o‘ta olishiga yana bir karra ishonch hosil qilamiz. Hayot imtihonining maʼnosini tushunib yetmagan, binobarin, u bilan hamohang qadam tashlay olmagan kimsaning bu yo‘lda yiqilib qolishidan ogoh bo‘lamiz.

              Suhbatlar mavzusi “Nazratunnaiym” mualliflari taʼkidlaganlaridek, keng omma uchun ham, jamiyatning alohida qatlamlari uchun ham birdek muhimdir. Zero, hayot sinovlaridan xoli biror shaxs, guruh, jamiyat yoki davlat bo‘lmaydi.

              Inson va nafs mavzusidagi birinchi dars

              • Nafs kalimasining maʼnolari – o‘zbek va arab tilida;
              • Nafs jon maʼnosida uch xil holatda bo‘ladi;
              • Nafsning uch xil turi: o‘suvchi, sezuvchi, so‘ylovchi;
              • So‘ylovchi nafs quvvatlari: nutq, shahvat, g‘azab;
              • Quvvatlar hukmi: o‘rtachasi – fazilat, atrofi – razolat;
              • Nutq quvvati: moʻtadili – hikmat, ortig‘i – jinoyat, nuqsoni – nodonlik.
              • Shahvat quvvati: moʻtadili – iffat, ortig‘i – fojirlik, nuqsoni – inkor.
              • G‘azab: moʻtadili – shijoat, ortig‘i – o‘zini idora qila olmaslik, nuqsoni – qo‘rqoqlik;
              • Uchta yomon narsaning biri – «nafsi ammora»;
              • «Nafsi mutmainna» – namunaviy nafs.
              • © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

                41 min
              • Fitna (beshinchi qism)
                • Fitna paytida jamoat bilan bo‘lish;
                • Fitna jamoasi nima?
                • Fitnalardan omonda bo‘ladigan jamoat;
                • Fitna sabablaridan: dunyo va nafs;
                • Dunyoga muhabbat va o‘limni yomon ko‘rish;
                • Rahbarlik fitnaga yaqin;
                • Fitna darsining xulosalari.
                • © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

                  47 min
                • Fitna (to'rtinchi qism)
                  • Qo‘lga ham, tilga ham ehtiyot bo‘lish;
                  • «Yog‘ochdan qilich yasab ol!»
                  • Abdulloh ibn Umarning hikmati;
                  • Fitna urushlari haqidagi hukm;
                  • Musulmonlar orasidagi janglar;
                  • Urush olovini o‘chirish vojib;
                  • Cabr qilganlarning ajri;
                  • Fitna paytidagi ibodat.
                  • © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

                    51 min
                  • Fitna (uchinchi qism)
                    • Bu ummatga Oxiratda azob yo‘q;
                    • Mol dunyo va mansab fitnasi;
                    • Qalbning buzilishi – fitnaning boshi;
                    • Tili boshqa, dili boshqa odamlar;
                    • Baxtli odam – fitnadan chetlangan odam;
                    • Aqli yetmagan ishga o‘zini urmaslik;
                    • To‘rt fitnadan panoh so‘rang.
                    • © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

                      53 min
                    • Fitna (ikkinchi qism)
                      • Fitna kalimasi Qurʼoni karimda;
                      • Rasulullohning ogohlantirishlari;
                      • Fitnadan o‘lim afzal;
                      • Hech kim fitnadan xoli emas;
                      • Fitnaning kattasiyu kichigidan saqlaning;
                      • Fitna paytida eng yaxshi qurol nima?
                      • Sabr, duo, taqvo, solih amallar;
                      • Taqvo ko‘rinishidagi fitna;
                      • Silayi rahm va yaxshi munosabatlar.
                      • © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

                        41 min
                      • Fitna (birinchi qism)
                        • Fitna – shaytoniy xulq;
                        • Fitna kalimasining 20 xil maʼnosi;
                        • Fitna bizga yoqmaydi, ammo …
                        • Fitna bilan imtihonning farqi;
                        • Fitna sinov va yomonlik orasida;
                        • Fitna Allohdan ham, insondan ham;
                        • Fitnaning ikki xil turi;
                        • Shubha fitnasi – eng yomon fitna;
                        • Shubha fitnasi – dunyoqarashda;
                        • Nafs fitnasi – ko‘proq dunyoviylarda;
                        • Chin rahbarlik iymon, aql va sabr bilan.
                        • © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

                          1 hr 2 min