Hozirda 7000ga yaqin ITga qiziquvchi o'quvchilarni bir joyda jamlay olgan, va eng yaxshi mutaxassislarni fidoyiy yondashuvlarini qamrab olishga ulgurgan, bu loyiha, o'zgarishlar qilishni xohlaydi. Hududiy chegaralarni o'rtadan olishi bilan ko'p migrant yoshlarga manfaatli bir loyiha bo'lishidan umid qilgan holda, boshlangan ishda hozirda o'quvchilarning 30% aynan musofir yurtlardan turib ilm olishyabti. Jamiyatda bizning og'riqli nuqtalarimiz juda ko'p. O'zga yurtlarda xizmat faoliyati bilan yurgan yoshlar esa ancha katta raqamlarni tashkil qiladi. Shu sababdan ko'p yillar migrantlar muammolari bilan shug'ullanib, ularga qo'lidan kelgancha yordam, yo'l-yo'riq va tavsiyalarini ayamay kelayotgan, Migrant.mobi portali asoschisi, yurist Botirjon Shermuhammad bilan Mohirdevda suhbat tashkillashtirdik.