"Iso Hisob"-O'zbekiston Version.3gp/“Учетные записи Иисуса-версия для Узбекистана.3gp///22 Ey Isroil xalqi, bu gaplarimni eshitib olinglar: Nosiralik Iso orqali Xudo sizlarning orangizda mo‘jizalar va alomatlar ko‘rsatdi. Shu yo‘l bilan Isoda ilohiy hokimiyat borligini Xudo tasdiqladi. Buni o‘zlaringiz bilasizlar.23 Xudo O‘zining rejasi bo‘yicha Isoni sizlarning qo‘lingizga topshirishni azaldan qaror qilgan edi. Sizlar esa g‘ayriyahudiylarning qo‘llari bilan Uni xochga mixlatib o‘ldirdingizlar.24 Ammo Xudo Uni tiriltirib, o‘lim azoblaridan ozod qildi. O‘lim o‘z kuchi bilan Isoni ushlab turishga qodir emasdi.25 Dovud U haqda shunday degan edi:
«Men doim Egamga ko‘z tikaman,
U o‘ng tomonimda bo‘lgani uchun
Meni hech narsa qo‘zg‘ata olmas.
26 Shu bois, ey Egam, yuragim quvonchga to‘la,
Tilim ham shod–xurramdir.
Tanam umid bilan yashaydi.
27 Meni o‘liklar diyorida qoldirmaysan,
Taqvodoringni qabrda chiritmaysan.
28 Menga hayot so‘qmoqlarini O‘zing ko‘rsatasan,
Huzuringda shodlik Meni qamrab oladi.»
29 Birodarlarim! Bobomiz Dovud to‘g‘risida sizlarga ochiq–oydin gapirishim kerak. U o‘ldi, dafn qilindi, uning qabri bugungacha shu yerdadir.30 U payg‘ambar bo‘lgani bois, Xudo unga: «O‘z naslingdan bo‘lgan bittasini taxtingga o‘tqazaman», deb ichgan ontini yodida tutardi.31 Dovud kelajakni oldindan ko‘rib, Masihning tirilishi to‘g‘risida gapirgan edi. Xudo Masihni o‘liklar diyorida qoldirmasligi va Masihning tanasi chirimasligi haqida Dovud bashorat qilgandi.32 Ana shu Isoni Xudo tiriltirdi, bunga hammamiz guvohmiz.33 Xudo Isoni yuksaltirib, Uni taxtining o‘ng tomoniga o‘tqazdi. Otasi Xudoning va’dasi bo‘yicha Iso Muqaddas Ruhni qabul qilib, Uni bizning ustimizga yog‘dirdi. Buni o‘zlaringiz ko‘rib va eshitib turibsizlar.34-35 Dovud osmonga chiqmagan bo‘lsa–da, shunday degan edi:
«Egamiz aytmoqda Rabbimga:
Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga poyandoz qilmagunimcha,
Sen Mening o‘ng tomonimda o‘tirgin.»
36 Butun Isroil xalqi shuni aniq bilib qo‘ysin: sizlar mixlagan Isoni Xudoning O‘zi jamiki borliq ustidan hukmdor qildi. Iso ham Masih, ham Rabbiydir.”