Sign up to save your podcastsEmail addressPasswordRegisterOrContinue with GoogleAlready have an account? Log in here.
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi (NNT) podkasti. Internetdagi manzilimiz: www.sharoitplus.uz... more
FAQs about Sharoit+:How many episodes does Sharoit+ have?The podcast currently has 62 episodes available.
November 08, 202112-soni: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoya tizimi samarali ishlaydimi?22-oktyabr soat 15:00da Sharoit+ podkast 21-soni mehmonlari Umid Aliyev - UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasining ijtimoiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi va Zayniddin Aralov - Pensiya jamg'armasi "Ijtimoiy himoya Yagona reyestri" axborot tizimini joriy etish boshqarmasi boshlig'i.🎤 Boshlovchi: Ulug'bek Mamatxanov🗣 Suhbat jarayonida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday yordam va xizmatlar ko‘rsatilishi va bu yangi tizimi bilan bog'liq muammolar haqida batafsil muhokama qilindi....more1h 38minPlay
November 06, 202111-soni: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi qanday ta'minlanmoqda?5-oktyabr soat 15:00da Sharoit+ podkast 11-soni mehmoni Yashnar Mannonov - Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Ishsizlarni hisobga olish, ishga joylashtirish va ijtimoiy qo‘llab quvvatlash sho‘ba mudiri. Suhbat jarayonida Bandlikka ko'maklashish markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishamiz va ular orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini ta'minlash uchun qanday xizmatlar mavjudligi haqida gaplashdik.🎤 Boshlovchi: Ulug'bek Mamatxanov...more55minPlay
November 05, 202110-soni: Gender tengligi va nogironligi boʻlgan ayollarSharoit+ podkast 10-soni ertaga (shanba) 25-sentyabr soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi. Navbatdagi mehmonimiz Iroda Ahmad - Saudiya Arabistonida joylashgan Jeddah universitetida oqituvchi va metodist trener. U bakalavr va magistraturani Angliyada tamomlab uzoq yillar davomida o‘sha yerda ta'lim sohasida ishlab kelgan. Shuningdek, 2011 yildan boshlab Islomda farzand tarbiyasi, ota-onalik va farzandlarga uyda ta'lim berish borasida blogerlik ham qilib keladi. Ayni damda olti farzandning onasi va bo‘sh vaqtlarida ijtimoiy ma'rifiy mavzularda Muslima ayollarga doir maqolalar nashr etadi va yaqindan boshlab ilk bora O‘zbek ayollari uchun "YAQIN" podkasti muallifi.Ikkinchi mehmon: Muhabbat Rahimova - NJB "SHAROIT PLYUS" raisi 🎤 Boshlovchi: Ulug'bek Mamatxanov...more1h 23minPlay
September 21, 20219-soni: Islom va nogironlikSharoit+ podkast 9-sonining mehmoni Islom.uz portali xodimi Domla Nozimjon Hoshimjon bo‘ldilar. Ochiq suhbat davomida domla Islom diynida nogironligi bo‘lgan shaxslarga munosabat haqida ma'ruza qilib berdilar va tinglovchilarning savollariga javob berdilar.Boshlovchi: Ulug'bek Mamatxanov...more1h 23minPlay
September 19, 20218-soni: 30 yil Mustaqil O‘zbekistonda nogironlar harakati nimaga erishdi?1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil to‘ldi. Ushbu davr mobaynida O‘zbekiston nogironlar harakati ham shakillanib bordi. “O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda Mustaqil O'zbekistonda qabul qilingan birinchi qonunlardan bo‘ldi.Siz O‘zbekiston nogironlar harakati tarixini bilasizmi? Sharoit+ podkast 8-sonining mehmonlari ushbu harakat ostonasida turgan yetakchilar O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiatsiyasi vakillari Oybek Isoqov va Farxod Abduraxmonov.Suhbat davomida O‘zbekiston nogironlar harakati tarixi, yutuqlar va oldimizda turgan muammolar ochiq muhokama qilindi. Boshlovchi: Ulug'bek Mamatxanov...more1h 14minPlay
September 18, 20217-soni: Nogironligi boʻlgan shaxslarning siyosatdagi ishtiroki qanday?Sharoit+ podkast 7-sonining mehmoni Yusupov Boymurod Jumayevich - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi deputatlik birlashmalari ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i.Suhbat davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning siyosiy jarayonlardagi va kelayotgan Prezident saylovlaridagi ishtiroki bo‘yicha muhokama qilindi.Boshlovchi: Ulug'bek Mamatxanov...more1h 11minPlay
August 15, 20216-soni: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oliy ta'lim tizmidagi faoliyatiSharoit+ podkast 6-sonining mehmoni Toshev Xurshid Ilxomovich - O‘zbekiston milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa va mantiq kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi, Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).Suhbat davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar oliy ta'lim muassasalaridagi o‘qituvchilik faoliyati va nogironligi bo‘lgan talabalarni o‘qitish jarayoni mavzulari muhokama qilindi.Boshlovchi: Ulug'bek Mamatxanov....more1h 25minPlay
August 14, 20215-soni: Nogironlikni belgilashda qanday muammolar va yangiliklar bor?Sharoit+ podkast 5-sonining mehmoni Saidov Erkinboy Xayitovich - Toshkent shahar Bosh tibbiy mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) raisi o‘rinbosari.Suhbat davomida TMEKda nogironlik guruhini belgilash uchun tibbiy ko’rikdan o’tish tartibi, nogironlik holatini belgilashdagi yangiliklar va boshqa masalalar muhokama qilindi. Boshlovchi: Ulug'bek Mamatxanov....more1h 12minPlay
August 04, 20214-soni: Madaniyat muassasalarida inklyuziyaga qanday erishsa bo'ladi?Sharoit+ podkast 4-sonining mehmoni Mirsaid Muxtorov - Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi inklyuziv dasturlar maslahatchisi Suhbat davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun madaniyat muassasalarida inklyuziv muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi. Boshlovchi: Ulug'bek Mamatxanov....more48minPlay
July 18, 20213-soni: Nogironligi bo‘lgan shaxslar oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qanday kirishadi?Sharoit+ podkast 3-sonining mehmoni Davlat test markazi bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov bilan Ulug'bek Mamatxonov suhbat olib bordi.Suhbat davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar milliy OTMlarga o‘qishga kirishdagi imtiyozlar va ulardan foydalanish tartibi haqida batafsil tushuntirish berildi....more1h 12minPlay
FAQs about Sharoit+:How many episodes does Sharoit+ have?The podcast currently has 62 episodes available.