Uzbek Language Learning Podcasts

Uzbek podcast 032406


Listen Later

Navro‘z bayramida ko‘pkari oyinlari
Navro‘z bayramida O‘zbekistonnig Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlarida ko‘pkari o‘yinlari o‘tkaziladi. Ko‘pkari yoki uloq O‘rta Osiyo xalqlarining chavandozlik bellashuvi bo‘lib, u asosan o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik yigitlarining chavandozlik bellashuvidir. Mazkur bellashuvda chavandozlar ot ustida musobaqa shartlarini bajarishadi. Kun chiqqandan kun botgunicha davom etadigan musobaqada yuzlab chavandoz ishtirok etadi.
Ko‘pkari bahsida so‘yilgan uloq (echki bolasi) tanasi musobaqa hakamlari tomonidan o‘rtaga tashlanadi. Eng chapdast va jasur chavandoz yerdan uloqni olib, uni taqimga qisib, maydonni gir aylantirgancha, belgilangan manzilga keltirib tashlaydi.
G‘olib chavandozga sovrin sifatida ot, qo‘y, mol, tuya, gilam, to‘n, pul yoki taqinchoqlar beriladi. Shu bilan birga, g‘olib sharafli nom - botir nomini oladi.
Ko‘pkarida chavondozlar jamoa bo‘lib harakat qilishlari ham mumkin. Bunda sovrin jamoa a’zolari o‘rtasida bo‘lishiladi. Ba’zan ko‘pkarida keksa chavandozlar sinalgan otlarini yosh chavandozlarga “kira”ga berib turishadi. Agar yosh chavandoz g‘olib kelsa, sovrinni otning egasi bilan bo‘lishadi.
Umuman, ko‘pkari o‘g‘il bolalarni sog‘lom, qo‘rqmas va jasur qilib voyaga yetkazishda katta ahamiyatga ega.
...more
View all episodesView all episodes
Download on the App Store

Uzbek Language Learning PodcastsBy CeLCAR, Indiana University