O'zbekistonlik bu ikki yigit aslida AQShga o'qish uchun kelgan. Biroz o'tib ularda biznes ochish fikri tug'ildi. Talabalar ham AQShda biznes boshlashi mumkinmi? Elyorxo'ja To'raxo'jayev va Dilshod Umurzoqov bilan uch yil oldin ochgan avtosalonlari qanday muvaffaqiyat qozongani haqida suhbatlashdik.
5-fevral kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Kongress qo'shma majlisida nutq o'qidi. Bu chiqishning ahamiyati nimada? Unda Tramp nimalar haqida gapirdi? Muloqotimiz shu haqda.
Xitoyda milliondan ortiq uyg'ur va boshqa ozchilik elatlar "qayta tarbiyalanish" uchun majburiy lager va qamoqlarga tashlangan. Xalqaro hamjamiyatning e'tibori qanday? Xitoy hukumatiga qarshi choralar ko'rilyaptimi?
AQShda federal agentliklarning 800 ming xodimi bir oydan beri maosh olmayapti. Donald Tramp hukumatni ochish bo'yicha kelishuvga erishilganini e'lon qildi, lekin bu, avvalo, Kongress tasdig'idan o'tishi kerak.
Kanadaga safarimiz davomida bir guruh vatandoshlar bilan davra suhbati qurdik. Mehmonlarimiz - advokat Rakhmad Sobirov, “World Culture Open” nodavlat tashkilotining Xalqaro aloqalar byurosi rahbari Kseniya Tsoy va telekommunikatsiya, qurilish va biznes bo'yicha mutaxassis Anvar Isamuhamedov.
Rahmad Sobirov aviatsiya huquqi bo'yicha mutaxassis. U oilasi bilan ochgan advokatlik firmasini boshqaradi. Kanadada yashash, immigratsiya va O'zbekiston aviatsiyasini takomillashtish haqida gaplashdik.
Taj - Kanadaning Toronto shahridagi yagona o'zbek restorani. U o'zbekistonlik muhojirlar tomonidan ochilgan. Kanadaga safarimiz davomida restoran asoschilaridan biri Jovidxon Buzrukov bilan suhbatda bo'ldik.
Faxriddin Tojimurod - jurnalist, o'zbek tili va millati jonkuyari. Uzoq yillardan beri Kanadada yashaydi. U bilan til haqida, Kanadadagi o'zbeklar jamiyati va O'zbekistondagi o'zgarishlar haqida suhbatlashdik.
Abdulmannon Keskin Afg'onistonda tug'ilgan. Sovetlar zug'umidan qochib qo'shni yurtga o'tgan o'zbekistonliklar farzandi. Bugun Amerikada yashaydi, ammo vatanini O'zbekiston deb biladi. Bunday insonlar yuz minglarni tashkil etadi, deydi u.
Bu dasturimizda 2018-yil davomida AQSh tashqi siyosatida yuz bergan eng muhim voqealar, xususan, Tramp tashqi siyosatidagi o'ziga xos jihatlar haqida gaplashamiz.
36 min
About Vashington choyxonasi - Voice of America
From the publisher's feed
Vashington choyxonasi - Amerika va dunyo bo'ylab ro'y berayotgan muhim voqealar va jarayonlar haqida bir piyola choy ustida muloqot - siyosatdan tortib, immigratsiya, salomatlik, ta'lim va…