Nyu-Yorkda asoslangan “Human Rights Watch” (HRW) huquq tashkiloti 2010-yildan beri respublikaga kira olmay kelar edi. Toshkent uni dushman deb bilsa, HRW nazarida O’zbekiston hukumati dunyodagi eng shafqatsiz, huquqbuzar tuzumlardan biri edi. Hozirga kelib, munosabatlarda katta burilish.
"Amerika Ovozi" muxbirlari Odil Ruzaliev va Navbahor Imamova yaqinda O'zbekistonda bo'lib qaytdi. Mamlakatdagi o'zgarishlar qanday? Hamkasblarimiz bilan shu haqda muloqot qildik.
Sadriddin Muhiddinovga nisbat berish mumkin bo'lgan kasbu-kor ko'p: shoir, bloger, texnolog, injener, bank-moliya mutaxassisi va hatto sobiq hokim. Bugun u kishi Nyu-York shahrida istiqomat qiladi.
Xurshid Nazirov O’zbekistonning rasmiy idoralari, Temuriylar tarixi muzeyi, chel el elchixonalarida sharqona devoriy suratlar chizadi. U davlat mukofoti laureati, san'at arbobi. Amerikada yashaydi.
O’zbekistondagi yirik siyosiy va madaniy dargohlarni o'z ijodiy asarlari bilan bezagan san’at arbobi, musavvir, miniatyura ustasi Xurshid Nazirov ayni damda Amerikada yashaydi.
2017-yil 24-sentabr kuni Nyu-Yorkda Xalqaro taekvondo fеdеratsiyasi (ITF) 22-ochiq turniriga O’zbekistondan to'qqiz sportchi qatnashib 17 ta medal bilan vataniga qaytdi.
20 min
About Vashington choyxonasi - Voice of America
From the publisher's feed
Vashington choyxonasi - Amerika va dunyo bo'ylab ro'y berayotgan muhim voqealar va jarayonlar haqida bir piyola choy ustida muloqot - siyosatdan tortib, immigratsiya, salomatlik, ta'lim va…