Alloh joriy etgan farq tengsizlik emas;
Nafsingizga qo‘yib bersangiz xudolikni daʼvo qilishgacha ham boradi;
Inson dunyoviy mansabga loyiq bo‘lmasa ham Allohning huzurida ulug‘ maqomga ko‘tarilishi mumkin;
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Zar roziyallohu anhuni rahbarlikdan qaytarib nasihat qildilar:
«يا أبا ذر إنك ضعيف ، وإنها أمانة ، وإنها يوم القيامة خزي وندامة إلا من أخذها بحقها وأدى الذي عليه فيها وفي الرواية الأخرى : يا أبا ذر إني أراك ضعيفا ، وإني أحب لك ما أحب لنفسي ، لا تأمرن على اثنين ، ولا تولين مال يتيم». رواه مسلم وغيره.
«Ey Abo Zar! Sen zaif kishisan. Bu (rahbarlik) omonat narsa va u qiyomat kuni xorlik va nadomatdir, magar uning haqqini ado eta olganlar uchun».
«… Men o‘zim uchun yaxshi ko‘rgan narsani sen uchun ham yaxshi ko‘raman. Sen hech qachon ikki kishiga ham amirlik qilmagin va hech qachon yetimning moliga masʼul ham bo‘lmagin!».
(Imom Muslim va boshqa muhaddislar rivoyatlari).
Ushbu darsda ustozimiz quyidagi rivoyatning hadis yoki hadis emasligi haqida izlanib ko‘rishni bizdan ham talab qilgan edilar. Ojizona izlanishimiz bo‘yicha, bir qancha manbalarda uni hadis emas, arablarning hikmatli so‘zlaridan deb yozilgan ekan:
كانت العرَب تقول: لا يَزَالُ النَّاسُ بِخَيْرٍ مَا تَبَايَنُوا ، فَإِذَا تَسَاوَوْا ، فَقَدْ هَلَكُوا
«Arablar aytishadi: odamlar bir-birlaridan farqli bo‘lib tursalar oralarida yaxshilik davom etadi. Qachonki barobar bo‘lib qolsalar halok bo‘ladilar». (Al-Iqdul-Farid kitobi).
«Go‘zal xulqlar» silsilasi /»33-suhbat: Tengi yo‘q tenglik (2)» darsidan lavha
© Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com