Islom ovozi

Islom ovozi

By Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'liReligion & SpiritualityIslam
Download on the App Store

Islom ovozi episodes

  • Iymonning kamoli mehribonlik bilandir
    • Rahmat sohibi bo‘lmaguningizcha mo‘min bo‘la olmaysiz;
    • O‘z yaqiniga mehribonlik chin mehribonlik emas.
    • عن عبد الله بن مسعود رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم:

      «لَن تؤمِنوا حتَّى تَرحموا»

      قالوا: كلُّنا رَحيمٌ يا رسولَ اللَّهِ ؟

      قالَ :

      «إنَّهُ ليسَ برحمةِ أحدِكُم صاحبَهُ ولكنها رحمةُ النَّاسِ رحمةُ العامَّةِ».

      أورده ابن حجر في فتح الباري وقال: أخرجه الطبراني ورجاله ثقات.

      Ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

      «Mehribon bo‘lmaganingizga qadar aslo mo‘min bo‘lolmaysiz».

      Sahobalar so‘radilar:

      «Ey Rasululloh, biz hammamiz mehribonmiz-ku?».

      Rasululloh sollallohu alayhi va sallam javob berdilar:

      «Biringiz o‘z sohibiga qiladigan mehribonligi emas, balki (begona) odamlarga, omma (xalq)ga mehribon bo‘lish (ana o‘sha haqiqiy mehribonlikdir)».

      (Imom Tabaroniy rivoyatlari, Ibn Hajar Fathul-boriy kitobida keltirgan sahih hadis).

      «Go‘zal xulqlar» silsilasi /»26-suhbat: Mehribonlik haqiqiy mo‘minlikdir (2)» darsidan lavha

      © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

      9 min
    • Va'daga vafo qilish
      • Vafodorlikning oddiy ko‘rinishi;
      • Qarzlarni chiroyli ado etish vafodan;
      • Aʼrobiylardagi qo‘pollikning sababi;
      • Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hurmatlarini himoya qilish uchun sahobai kiromlarning tayyor turishlari.
      • «Go‘zal xulqlar» silsilasi /»24-suhbat: Vafodorga Alloh madadkor» darsidan lavha

        © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

        7 min
      • Sodiqlik va kazzoblik

        Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

        «إنَّ الصِّدْقَ يَهْدِي إِلَى الْبِرِّ ، وَإنَّ البِرَّ يَهْدِي إِلَى الْجَنَّةِ ، وَإنَّ الرَّجُلَ لَيَصْدُقُ حَتَّى يُكْتَبَ عِنْدَ اللهِ صِدِّيقًا ، وَإنَّ الكَذِبَ يَهْدِي إلى الفُجُورِ ، وإنَّ الْـفُجُورَ يَهْدِي إِلَى النَّارِ ، وَإنَّ الرَّجُلَ ليَكذِبُ ، حَتَّى يُكْتَبَ عِنْدَ اللَّهِ كَذَّابًا» .

        متفق عليه.

        «Shubhasiz rostgo‘ylik ezgulikka olib boradi. Ezgulik esa jannatga olib boradi. Kishi rostgo‘ylik qilsa Allohning huzurida siddiq (oliy darajadagi rostgo‘y mo‘min) deb yozib qo‘yiladi. Yolg‘onchilik fojirlikka olib boradi. Fojirlik esa do‘zaxga olib boradi. Kishi yolg‘onchilik qilsa Allohning huzurida kazzob deb yozib qo‘yiladi». (Muttafaqun alayh)

        «Go‘zal xulqlar» silsilasi /»19-suhbat: Rostlik haqiqatga sodiqlikdir (2)» darsidan lavha

        © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

        5 min
      • Odamlarga shukr qilmaydigan odam

        Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

        «لاَ يَشْكُرُ اللهَ مَنْ لاَ يَشْكُرُ النَّاسَ».

        رواه أبو داود والترمذي وصححه الألباني وغيره.

        «Odamlarga shukr etmaydigan kimsa Allohga shukr qilmaydi». (Abu Dovud va Tirmiziy rivoyatlari, Alboniy va boshqa muhaddislar hadisni sahih sanashgan)

        («Go‘zal xulqlar» silsilasi /»17-suhbat: Odamlarning yaxshiligini bilmagan Allohga ham shukr qilmaydi (3)» darsidan lavha)

        © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

        8 min
      • Namoz oxirida o'qiladigan muborak duo

        «اللَّهُمَّ أعِنَّا عَلَى ذِكْرِكَ، وَشُكْرِكَ، وَحُسْنِ عِبَادَتِكَ»

        «Ey Alloh, Sening zikringni bajo qilishim, Senga shukrona etishim, Senga go‘zal tarzda (mukammal darajada) ibodat qilishim uchun menga O‘zing yordam bergin». (Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari. Shayx Alboniy sahih sanagan)

        (”Go‘zal xulqlar” silsilasi /”15-suhbat: Shukr – iymonning ikkinchi yarmi (1)” darsidan lavha).

        Ushbu zikrni namozning oxirida salom berishdan oldin o‘qish afzalroq. Vallohu aʼlam.

        Ibn Qayyim rahimahulloh aytadilar:

        قال ابن القيم رحمه الله في «زاد المعاد» (1/294) : «ودبر الصلاة يحتمل قبل السلام وبعده ، وكان شيخنا [أي ابن تيمية] يرجح أن يكون قبل السلام ، فراجعته فيه ، فقال : دبر كل شئ منه كدبر الحيوان » انتهى .

        «Hadisda “Duburassolat” deb aytilgan kalimadan namozning oxirida salom berishdan oldingi lahza ham, salom berilgandan keyingi lahza ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi ehtimoli bor. Shayximiz (yaʼni, Ibn Taymiyya) salom berishdan oldingi lahza ko‘zda tutilgan bo‘lishi ehtimoli kuchliroq deb aytardilar». (Zodul-maod kitobi: 1/294)

        © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

        3 min
      • Hayo haqida ikki hadis

        «ليسَ المؤمنُ بالطَّعَّانِ ولا اللَّعَّانِ ولا الفاحِشِ ولا البذَيُّ»

        «Mo‘min kishi taʼna qiluvchi, laʼnat aytuvchi, fahsh va xunuk so‘zlarni gapiruvchi bo‘lmaydi». (Imom Termiziy rivoyatlari, sahih hadis)

        «ليسَ المؤمنُ بالطَّعَّانِ ولا اللَّعَّانِ ولا الفاحِشِ ولا البذَيُّ»

        «Mo‘min kishi taʼna qiluvchi, laʼnat aytuvchi, fahsh va xunuk so‘zlarni gapiruvchi bo‘lmaydi». (Imom Termiziy rivoyatlari, sahih hadis)

        © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

        3 min
      • Fitnalar botqog'i

        Axloqning eʼtiqodga taʼsiri haqida suhbatdan. Yaxshi xulq iymonni kuchaytirishi, yomon xulqlar iymonni susaytirib borishi haqida.

        قالَ حُذَيفةُ رضي الله عنه: سمِعتُ رسولَ اللَّهِ صلَّى اللَّهُ علَيهِ وسلَّمَ يقولُ:

        «تُعرَضُ الفتنُ عَلَى القُلُوبِ كَالحَصِيرِ عُودًا عُودًا فأيُّ قَلْبٍ أُشرِبَها نُكِتَ فيهِ نُكْتَةٌ سَودَاءُ وَأيُّ قَلْبٍ أنْكَرَها نُكِتَ فيهِ نُكتةٌ بَيْضَاءُ حَتَّى تَصِيرَ عَلَى قلبَينِ عَلَى أبْيَضَ مِثْلِ الصَّفَا فَلاَ تَضُرُّهُ فِتْنَةٌ مَا دَامَتِ السَّمَاوَاتُ وَالأرْضُ والآخَرُ أسْوَدُ مُرْبَادًّا كَالكُوزِ مُجَخِّيًا لاَ يَعْرِفُ مَعْرُوفًا وَلاَ يُنْكِرُ مُنكَرًا إلاَّ مَا أُشْرِبَ مِنْ هَوَاهُ».

        رواه الإمام مسلم وغيره.

        «Fitnalar qalblarga xuddi bo‘yra cho‘piga o‘xshab bitta-bittadan yopisha boshlaydi. Qaysi bir qalb uni qabul qilsa o‘sha qalbga bir dona qora nuqta qo‘yiladi. Qaysi bir qalb uni inkor qilsa unga bir oq nuqta qo‘yiladi. Shunday davom etaveradi to ikki xil qalbga aylangunga qadar: biri osmonlaru Yer davom etib turgan muddatgacha (sobitqadam) turaveradigan, hech qanday fitna unga zarar keltira olmaydigan, katta silliq toshdek oppoq qalb. Ikkinchisi kir bo‘lib ketgan, to‘ntarilib yotgan ko‘za kabi qop-qora qalb, bunday qalb na biror bir yaxshilikni biladi, na munkar – yomonlikni inkor qiladi, magar o‘zining havoi nafsiga o‘rnashib qolgan narsanigina (o‘ziga yoqsa yaxshilik, o‘ziga yoqmasa yomonlik deb turaveradigan bo‘lib ketadi)!». (Imom Muslim va boshqa muhaddislar rivoyat qilishgan.)

        © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

        17 min
      • Yetti halokatdan saqlaning

        عن أبي هريرة رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال:

        «بادروا بالأعمالِ سبعًا هل تنتظرون إلا فقرًا مُنسيًا، أو غنًى مُطغيًا، أو مرضًا مفسدًا، أو هَرَمًا مُفنِّدًا، أو موتًا مُجهزًا، أو الدجالَ فشرُّ غائبٍ يُنتظَرُ، أو الساعة فالساعةُ أدهَى وأمرُّ».

        رواه الترمذي وحسنه.

        Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Yetti narsa kelib qolishidan avval amal qilib qolishga shoshilinglar: sizlar toatni esdan chiqartirib qo‘yadigan kambag‘allikni, yoki tug‘yonga soluvchi boylikni, yoki puturdan ketkazuvchi kasallikni, yoki aql-hushni zaiflashtiruvchi keksalikni, yo esa bir zumda kelib olib ketuvchi o‘limni, yoki kutilayotganlar ichida eng yomoni bo‘lmish Dajjolni, yoki Qiyomat soatini kutib turibsizlar xolos. Qiyomat eng dahshatli va eng achchiq kulfatdir».(Imom Tirmiziy rivoyatlari, hasan)

        © Shayx Obitxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

        2 min
      • «G'iybat o'zi nima?»

        عن أبي هريرة رضي الله عنه قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم:

        أتدرون ما الغيبةُ ؟
        قالوا : اللهُ ورسوله أعلمُ .
        قال: «ذكرُكَ أخاكَ بما يكرهُ».
        قيل : أفرأيتَ إن كان في أخي ما أقولُ ؟
        قال : «إن كان فيه ما تقولُ ، فقد اغتبتَه . وإن لم يكنْ فيه ، فقد بهتَّه».
        (رواه مسلم وأبو داود والترمذي وغيرهم)

        Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: G‘iybat nimaligini bilasizlarmi? Sahobalar dedilar: Alloh va Rasuli bilguvchiroqdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Birodaringni u yomon ko‘radigan sifati bilan zikr qilishing (shu g‘iybatdir)». Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan so‘raldi: men aytayotgan narsa u birodarimda mavjud sifat bo‘lsachi? Rasululloh sollallohu alayhi va sallam javob qildilar: «Agar sen aytayotgan narsa unda bor bo‘lsa darhaqiqat sen uni g‘iybat qilgan bo‘lasan. Ammo unda yo‘q bo‘lsa darhaqiqat sen unga bo‘hton – tuhmat qilgan bo‘lasan!». (Hadisni Muslim, Abu Dovud, Tirmiziy va boshqa muhaddis imomlar rivoyat qilishgan)

        © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'gli, www.islomovozi.com

        1 min
      • Uchta nasihat

        «إذا قمتَ في صلاتِك فصلِّ صلاةَ مودِّعٍ ، ولا تكلَّم بكلامٍ تعتذرُ منه، واجمع الإِياسَ مما في أيدي الناسِ». (صحيح الجامع:742

        «Namoz o‘qiganingda xuddi (bu dunyodan) vidolashayotgan odamdek (butun vujuding bilan Allohga iltijoda) bo‘lib namoz o‘qigin! (Keyinchalik) seni kechirim so‘rashga majbur qiladigan so‘zni gapirmagin! Odamlarning qo‘lidagi narsalardan butunlay umidingni uzgin (tama qilmagin)!». (Sahihul jomeʼ, 742 hadis)

        © Shayx Obidxon qori Sobitxon o'g'li, www.islomovozi.com

        3 min

      About Islom ovozi

      From the publisher's feed

      Obidxon qori Sobitxon o'g'lining ma'ruzalari.

      More shows like Islom ovozi

      Abdulloh Domla by Ansar

      Abdulloh Domla

      5 Listeners