
Sign up to save your podcasts
Or


Podkast epizodi hamkori: "Juru". "Juru" Markaziy Osiyo va Kavkazdagi yetakchi xalqaro konsalting va muhandislik korxonasi bo'lib, uning maqsadi barqaror rivojlanishni ilgari surishdir. https://juru.org/about-us
Bir kam dunyo yoki "false dichotomy" haqida ekologiya va energetika misolida.
Ushbu epizodda iqtisodiyotdagi fundamental tushunchalardan biri ma'naviy xatar haqida gaplashdik. Bu tushuncha sug'urta bozoridan tortib, 2008-yilgi global moliyaviy inqirozgacha bo'lgan barcha jarayonlarni tushunishga yordam beradi. Ushbu epizod 48 sonli epizodda gaplashilgan axborot assimetriyasi mavzusining davomi. O'tqazib yuborgan bo'lsangiz uni ham tomosha qilishni tavsiya etamiz: https://youtu.be/wyjglQwPfZc
Podkastimizning ushbu epizodi Kaliforniyada, Stenford Universiteti kampusida jonli yozildi. Suhbatimiz Kremniy vodiysida bo'lar ekan, tabiiyki sun'iy idrok, uning shiddat bilan rivojlanishi, uning kapital taqsimoti, mehnat bozoriga, ish jarayoni, va umuman insonlar hayotiga ta'siri haqida gaplashdik.
Podkastimizning ushbu epizodida ba'zi oxirgi yangiliklar haqida suhbatlashdik. Jumladan, so'm-dollar kursi; universitetlarda kuzgi semestr boshlangani va universitetlarning maqsadi, ayniqsa hozirgi AI zamonida; AQSh Markaziy Banki rahbari ishdan olinishi; O'zbekistonga mashinalar importi va Qozog'iston haqida suhbatlashdik.
Podkast yozilgan sana: 27 - Avgust 2025 yil.
Podkastimizga hamkorlik takliflaringiz mavjud bo'lsa aloqaga chiqing.
Podkastimizning ushbu epizodida ba'zi yangiliklar haqida suhbatlashdik. Jumladan, Nyu York shahar hokimiga saylovlar, kim Mamdaniga ovoz berdi, UZIMEI, kitoblarga senzura, aeroportda oyoq kiyim yechish talabi bekor qilingani haqida.
Podkastimizning navbatdagi epizodi biroz noodatiy bo‘ldi. Biz suhbatni AQShning Texas shtatida, yo‘lda ketayotib, avtomobilda jonli ravishda yozib oldik. Texasga ilk bor tashrif buyurgan Behzod o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Suhbat davomida shtat iqtisodiyoti, nimaga insonlar va korxonalar boshqa shtatlardan Texasga ko‘chayotgani, buning sabablari va xususiyatlari haqida fikr almashdik. Tabiiyki, AQShda hozirda sodir bo‘layotgan jarayonlar, xususan savdo siyosati haqida ham to‘xtaldik.
Shu yilning 2-aprelini Prezident Tramp "Ozodlik kuni" deb e'lon qildi va shu kuni keng ko'lamli tariflarni e'lon qildi. Bu qarorning tarixi, mohiyati, mantig'i va ta'siri haqida gaplashdik.
1930 yillardagi savdo urushini qo'zg'atgan va Buyuk Depressiyani chuqurlashtirgan deb esdan qolgan Smut-Houli paytidan beri mamlakat bunday tariflarni hali boshdan kechirmagan edi.
Podkast yozilgan sana: 7 - Aprel 2025 yil.
Ushbu epizodda mamlakatimizda havoda va yerda yo'lovchi tashish sohasi, undagi bozorning kichikligi, faoliyat olib boradigan mahalliy, davlat va xorij korxonalari, chiptalar sotuvi, va boshqa mavjud muammolar haqida gaplashdik. Suhbat davomida o'zimiz va boshqalarning tajribalari bilan bo'lishdik.
Podkast yozilgan sana: 23 - Mart 2025 yil. Toshkent shahri.
Ushbu epizodda O'zbekistonga xorijlik, shu jumladan xitoylik investorlarning kelishi, sarmoya qilishi va tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari haqida suhbatlashdik. Nima uchun xitoylik ishbilarmonlar O'zbekistonga tahdid emasligi, bozorimiz kengayishi, raqobat jadallashishi va o'yin qoidalari barchaga bir xil tadbiq etilishi haqida gaplashdik.
Podkast yozilgan sana: 17 - Mart 2025 yil. Toshkent shahri.
From the publisher's feed

477 Listeners

6 Listeners

948 Listeners

24 Listeners