Uzbekonomics

Uzbekonomics

By Botir KobilovScienceEducation
Download on the App Store

Uzbekonomics episodes

  • 48 - Axborot assimetriyasi

    Ushbu epizodda iqtisodiyot va ijtimoiy fanlarda ko'p ishlatiladigan va biz kundalik hayotimizda ko'p to'qnashadigan holat - axborot assimetriyasi haqida suhbatlashdik. Axborot assimetriyasi bir tomonning (masalan, sotuvchi yoki xaridor) boshqa tomonga qaraganda ko‘proq yoki yaxshiroq ma’lumotga ega bo‘lishi holatini anglatadi. Ushbu nomutanosiblik tufayli bozorlar samarali ishlamay qolishi yoki bir tomon zarar ko‘rishi mumkin. Suhbat davomida nazariya va ko'p misollar keltirildi, masalan, avtomobil bozori, sug'urta, tibbiyot, mehnat bozori, moliyaviy bozorlar.


    Podkast yozilgan sana: 21 - Dekabr 2024 yil. Toshkent shahri.

    Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
    https://zoomrad.uz/mobile-app.

     

    1 hr 36 min
  • 47 - Donald Tramp prezident. Endi nima bo'ladi?

    Bugungi epizodimiz AQShdagi 2024 yilgi prezidentlik saylovi oqibatlari va Donald Tramp prezidentligida nimalarni kutish kerakligi haqida bo'ldi.


    Podkast yozilgan sana: 23 - Noyabr 2024 yil.

    Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.

    2 hr 29 min
  • 46 - AQShda 2024 yilgi prezidentlik saylovi va nomzodlarning iqtisodiy dasturlari tahlili

    Bugungi epizodimiz AQShdagi 2024 yilgi prezidentlik saylovi haqida bo'ldi.  Epizodda avvalambor AQShda prezidentlik saylovlari qanday ishlashiga to'xtaldik, nimalarga e'tibor berilishi, qaysi shtatlarda ovoz berish boshqalarnikidan ahamiyatliroq ekanligi haqida gaplashdik. Suhbat davomida nomzodlarning iqtisodiy dasturlari haqida batafsil to'xtaldik.


    Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/ https://zoomrad.uz/mobile-app.


    Podkast yozilgan sana: 28 - Oktyabr 2024 yil.

    1 hr 38 min
  • 45 - So’m erkinligiga yetti yil bo'ldi

    2017 yilning sentyabr oyida o'tqazilgan O'zbekistondagi valyuta islohotiga bu yil roppa-rosa 7 yil bo'ldi. Bu epizodda biz milliy valyutamiz so'm, "valyuta konvertatsiya"si yopiqligi paytidagi va undan keyingi vaziyat haqida suhbatlashdik.


    Podkast epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
    http://www.aloqabank.uz/
    https://zoomrad.uz/mobile-app.

    Podkast yozilgan sana:  Sentyabr 2024.

    1 hr 12 min
  • 44 - Moliya va bank tizimining iqtisodiy rivojlanishdagi o'rni

    Ushbu epizod noan'avaniy tarzda, ya'ni Toshkent shahrida jonli yozildi. Muxlis va obunachilar ishtiroki, savol-javob qismi bilan yozildi.

    Epizodda moliya va bank tizimining ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishidagi o'rni haqida suhbatlashdik. Podkast yakunida bo'lgan ishtirokchilar bilan savol-javob qismini ham sizlarga havola etamiz. Tadbir tashkilotchisi va ushbu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".

    http://www.aloqabank.uz/
    https://zoomrad.uz/mobile-app.

    Podkast yozilgan sana: 26 - Iyun 2024.

    2 hr 24 min
  • 43 - Sanoat siyosatining qaytishi

    Oxirgi yillarda sanoat siyosatini davlat tomonidan boshqarilishi bir xil payt esa davlat tomonidan sanoat siyosati ishlab chiqilishi yana modaga qaytdi. Bu moda nafaqat rivojlanayotgan va davlat oʻrni katta boʻlgan mamlakatlarda, balki rivojlangan va bozor iqtisodiyotiga oʻtgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Oxirgi bir yilda, AQSh administratsiyasi bir nechta ustuvor yoʻnalishlarda aktiv sanoat siyosatiga qoʻl urushni boshladi, boshqa gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ham siyosatchilar shunday gʻoyalar haqida gapirishmoqda. Bu epizodda biz sanoat siyosatini davlat tomonidan yuritilishini afzallik va kamchiliklari, tarixi, siyosati va hozirgi kundagi qoʻllanilishi haqida gaplashdik.


    Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
    http://www.aloqabank.uz/
    https://zoomrad.uz/mobile-app.

    Podkast yozilgan sana: 28 - May 2024.

    1 hr 27 min
  • 42 - Tadbirkorlik: afsona va haqiqatlar

    Bu epizodda biz tadbirkorlik haqida har tomonlama suhbatlashdik. Avvalambor tadbirkorlik faoliyati nima, qanday insonlar tadbirkor bo’lishadi, tadbirkorlarning rag'batlari, tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy o'sishga ta'siri va davlatlar tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish uchun qilishi kerak bo'lgan va bo'lmagan harakatlar haqida fikr yuritdik. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatida uchraydigan muammolar, shu jumladan moliyaviy resurslarga bo'lgan imkoniyat va ularning bozor va davlat tomonidan taqsimoti haqida gaplashdik. Ushbu suhbatda tadbirkorlikning nazariyasi, ba'zi empirik xulosalar, keyslar va tadqiqodlar topilmalari bilan bo'lishdik.


    Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/

    https://zoomrad.uz/mobile-app


    Podkast yozilgan sana: 21 - Aprel 2024.

    1 hr 36 min
  • 41 - Aholining o'sishi va iqtisodiy farovonlik.

    Odamlar bu boylik. Podkastimizning ushbu epizodida aholi o'sishi, fertillik darajasi va iqtisodiy farovonlik haqida suhbatlashdik va aholi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi dinamikalarni tushunishga harakat qildik. Biz turli iqtisodiy nazariyalarni va O'zbekiston hamda boshqa mamlakatlardagi kuzatishlarni tahlil qilib, qanday qilib aholi sonining ko'payishi yoki kamayishi bir mamlakatning iqtisodiy farovonligiga ta'sir etishi mumkinligini muhokama qildik. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda fertillik darajasining nima uchun pasayib borayotganini va buning sabablari haqida taxminlar yuritdik va ularning ortida yotgan iqtisodiy, va ijtimoiy omillarni ko'rib chiqdik.


    Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
    https://zoomrad.uz/mobile-app

    Podkast yozilgan sana: 28 - Mart 2024.

     

    1 hr 41 min
  • 40 - Shahar ichidagi universitetlar, xususiy universitetlar nazorati va amaliyotchilar maoshi

    Ushbu epizodda uchta, lekin o'zaro bog'liq bo'lgan mavzular haqida suhbatlashdik va munozara qildik: 1) Nima uchun universitetlar shaharlar ichida bo'lishi kerak? 2) Xususiy universitetlar ko'payishi nima uchun yaxshi jarayon va ularning sifatiga kim yaxshiroq baho bera oladi? 3) Mehnat bozorida amaliyot o'tayotgan stajyorlar uchun ish beruvchilar maosh to'lashlari kerakmi yoki bepulga ishlashlari to'g'rimi? Ish beruvchi davlat bo'lsa yoki xususiy biznes bo'lsachi? Tinglang, tomosha qiling va albatta ulashing!


    Podkast yozilgan sana: 22 - Fevral 2024.


    Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".

    http://www.aloqabank.uz/

    https://zoomrad.uz/mobile-app

     

    1 hr 42 min
  • 39 - Proteksionizm (yana), o'zbekistonlik ishchilarga viza masalasi va ekologiya (yana) haqida

    Ushbu epizodda uchta dolzarb mavzu haqida suhbatlashdik. Proteksionizm haqida yana bir bor munozara qilishga majbur bo'ldik. Ushbu mavju g'arbda ham, O'zbekistonda ham kun tartibida turibdi. Bundan tashqari, oxirgi haftalarda o'zbekistonlik ishchilarga oid ijobiy yangiliklarga to'la bo'ldi - bir qancha mamlakatlarda o'zbekistonlik ishchilarga talab va kvotalar oshayotgani haqida, va umuman o'zbekistonlik fuqarolarga xorij mamlakatlari viza masalasi haqida ham suhbatlashdik. Epizod so'nggi qismida, yana bir og'riqli mavzu - yomonlashib borayotgan ekologiya, suv, havo sifati haqida aynan iqtisodiy nuqtai nazardan suhbatlashdik.


    Podkast yozilgan sana: 5 - Fevral 2024.

    Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".

    http://www.aloqabank.uz/
    https://zoomrad.uz/mobile-app

     

    1 hr 22 min

About Uzbekonomics

From the publisher's feed

Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, rivojlanish, jamiyat, O’zbekiston va ularga yaqin boshqa mavzularda suhbat qiladilar.

More shows like Uzbekonomics

Mishary Rashid Alafasy by Muslim Central

Mishary Rashid Alafasy

477 Listeners

Lavrushkin by Lavrushkin

Lavrushkin

6 Listeners

Easy German: Learn German with native speakers | Deutsch lernen mit Muttersprachlern by Cari, Manuel und das Team von Easy German

Easy German: Learn German with native speakers | Deutsch lernen mit Muttersprachlern

948 Listeners

The Holy Quran, Sheikh Maher Al-Muaiqly | القران الكريم ماهر المعيقلي by Sheikh Maher Al-Muaiqly

The Holy Quran, Sheikh Maher Al-Muaiqly | القران الكريم ماهر المعيقلي

24 Listeners