Sign up to save your podcastsEmail addressPasswordRegisterOrContinue with GoogleAlready have an account? Log in here.
Vashington choyxonasi - Amerika va dunyo bo'ylab ro'y berayotgan muhim voqealar va jarayonlar haqida bir piyola choy ustida muloqot - siyosatdan tortib, immigratsiya, salomatlik, ta'lim va tirikchilik... more
FAQs about Vashington choyxonasi - Voice of America:How many episodes does Vashington choyxonasi - Voice of America have?The podcast currently has 250 episodes available.
June 18, 2022Vashington choyxonasi: Tramp javobgarlikka tortiladimi? - Iyun 18, 2022AQSh Kongressi maxsus komissiyasi o’tgan yili 6-yanvarda yuz bergan qo’zg’olonni qayta taftish qilmoqda. Kapitoliyga qilingan hujum ortida sobiq prezident Donald Tramp turibdimi? Komissiya xulosasi asosida Tramp jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinmi? Shular haqida gaplashdik....more30minPlay
June 11, 2022Vashington choyxonasi: talabalar uchun AQShda ishlash imkoniyati - Iyun 11, 2022"Yozgi ish va sayohat" dasturi xalqaro talabalarga yozgi ta'til paytida AQShda yashash va ishlash imkoniyatini beradi. O'zbekistonlik Gulmira Hotamova shu dastur asosida yaqinda AQShga kelgan. Bu imkoniyatni qo'lga kiritish uchun nimalar qilish kerak? Gulmira bilan shu haqda suhbatlashdik....more27minPlay
May 28, 2022Vashington choyxonasi: AQShdagi vatandoshlar orasida jinoyatchilik - May 28, 202216-may kuni Nyu-Yorkdagi "Navro’z" oziq-ovqat do’konida ikki erkak orasida janjal chiqib, biri pichoqlangan. Pichoq urgan ham, jabr ko’rgan ham o’zbek ekani Amerikadagi vatandoshlarni larzaga keltirdi. Suhbatdoshimiz - Nyu-Yorkdagi o’zbekistonliklar jamiyati faoli Sanjar Babajanov....more19minPlay
May 21, 2022Vashington choyxonasi: Rossiya NATOga qarshi yangi alyans qurmoqchimi? - May 21, 2022Moskvada o'tgan KXShT yig'inida alyansni kengaytirish haqida so'z bordi. Rossiyaning yaqin ittifoqchisi Belarusga ko'ra, yaqin yillarda KXShTga o'nlab davlatlar qo'shiladi. Rossiyaning maqsadi nima? O'zbekiston KXShTga qo'shiladimi? Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bilan shu mavzuda suhbatlashdik....more31minPlay
May 14, 2022Vashington choyxonasi: urush, inflyatsiya va iqtisodiy inqiroz ehtimoli - May 14, 2022Ukraina urushi hamada oziq-ovqat, energiya narxlarining oshayotgani dunyoni navbatdagi iqtisodiy inqirozga yetaklaydimi? Sanksiyalar Rossiyani qanchalik qashshoqlashtiradi? Bu O'zbekistonga qanday ta'sir qiladi? Iqtisodchi Behzod Hoshimov bilan shu savollar atrofida suhbatlashdik....more46minPlay
May 07, 2022Vashington choyxonasi: Xitoy Markaziy Osiyo uchun tahdidmi? - May 07, 2022Ukraina urushi Rossiyani zaiflashtirsa, Xitoyning Markaziy Osiyoga ta'siri kuchayishi mumkinmi? Xitoyning mintaqadagi asosiy manfaati va maqsadlari nimalardan iborat. Uyg'ur huquqlari faoli, tadqiqotchi Nijat Turg'un bilan shu mavzuda suhbatlashdik....more26minPlay
April 30, 2022Vashington choyxonasi: axborot urushi, propaganda va so’z erkinligi - Aprel 30, 2022Ukraina urushi nafaqat maydonlarda, balki axborot olamida ham yuz bermoqda. Kreml urush so’zini tilga olgan mahalliy jurnalistlarni javobgarlikka tortmoqda. G’arb esa propaganda vaji bilan Rossiya davlat OAVlarini bloklab qo’ydi. Bu so’z erkinligining bo’g’ilishimi yoki vaziyat taqozosi?...more26minPlay
April 23, 2022Vashington choyxonasi: Tolibonning qudratga kelish sabablari - Aprel 23, 2022O'tgan yili 300 ming kishilik yaxshi qurollangan Afg'oniston armiyasi sanoqli kunlar ichida poytaxt Kobulni Tolibonga boy berdi. Buning ortidagi asosiy sabablar nima edi? Afg’oniston sobiq hukumatining harbiy havo kuchlari vakili Zikrullah Amiriy bilan shu haqda gaplashdik....more21minPlay
April 16, 2022Vashington choyxonasi: Ukraina urushi haqida o'zbekistonliklar fikri qanday? - Aprel 16, 2022O'zbekiston ommaviy axborot vositalari Ukraina urushini qanday yorityapti? Jamoatchilik orasida u qanday muhokama qilinyapti? Jurnalist va huquqshunos Zafarbek Solijonov fikricha, O'zbekiston OAVlari Kreml propagandasi oldida ojizlik qilmoqda. Buning sabablari nimada? Muloqotni tomosha qiling....more25minPlay
April 09, 2022Vashington choyxonasi: Tolibon va xalqaro hamjamiyat - Aprel 09, 2022Tolibon "Amerika Ovozi" va "BBC" dasturlarining Afg'onistonda efirga uzatilishini taqiqladi. Yuqori sinflarda o'quvchi qizlar hanuz maktabga bora olmayapti. Bu orada Tolibon hukumati xalqaro hamjamiyat e'tirofini qozonishga urinmoqda. Afg'onistonda yuz berayotgan so'nggi voqealarni tahlil qildik....more24minPlay
FAQs about Vashington choyxonasi - Voice of America:How many episodes does Vashington choyxonasi - Voice of America have?The podcast currently has 250 episodes available.