Sign up to save your podcastsEmail addressPasswordRegisterOrContinue with GoogleAlready have an account? Log in here.
Vashington choyxonasi - Amerika va dunyo bo'ylab ro'y berayotgan muhim voqealar va jarayonlar haqida bir piyola choy ustida muloqot - siyosatdan tortib, immigratsiya, salomatlik, ta'lim va tirikchilik... more
FAQs about Vashington choyxonasi - Voice of America:How many episodes does Vashington choyxonasi - Voice of America have?The podcast currently has 250 episodes available.
January 22, 2022Vashington choyxonasi: Qozog'iston voqealari O'zbekistonda takrorlanishi mumkinmi? - Yanvar 22, 2022Qozog'istonda yuz bergan norozilik namoyishlarining O'zbekistonda takrorlanishi ehtimoli qanchalik? Bu voqealar so'nggi yillarda jadallashgan Markaziy Osiyo integratsiyasiga qanday ta'sir qiladi? Shu haqda siyosatshunos Alisher Hamidov bilan suhbatlashdik....more23minPlay
January 15, 2022Vashington choyxonasi: Nurulloh Muhammad Raufxon din, davlat, o'tmish va bugun haqida - Yanvar 15, 2022Bugungi suhbatdoshimiz - "Bu kunlar" hujjatli romani muallifi, uzoq yillar "Hidoyat" diniy-ma'rifiy jurnalini boshqargan jurnalist va yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon. Adib bilan "Bu kunlar" romani, O'zbekistonning o'tgan kunlari va buguni hamda din va davlat munosabatlari haqida gaplashdik....more1h 12minPlay
January 08, 2022Vashington choyxonasi: Qozog'iston voqealari uyushtirilganmi? - Yanvar 08, 2022Qozog'istondagi namoyishlar ortida kim turibdi? U xalq g'alayonimi yoki kimningdir siyosiy o'yini? Rossiya askarlarining mamlakatga kiritilgani mintaqa uchun nimani anglatadi? Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov fikrlari bilan tanishing....more24minPlay
January 01, 2022Vashington choyxonasi: O'zbekistonning bir yillik sarhisobi - Yanvar 01, 20222021-yil O'zbekiston uchun qanday kechdi? Mamlakat ichki va tashqi siyosatida qanday muhim o'zgarishlar yuz berdi? Mirziyoyev prezidentligining birinchi muddatiga qanday baho berish mumkin? "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida O'zbekistonning o'tgan bir yilini sarhisob qildik....more34minPlay
December 25, 2021Vashington choyxonasi: 2021-yil AQSh uchun qanday kechdi? - Dekabr 25, 20212021-yil AQSh ichki va tashqi hayotida ko'plab katta voqealar yuz berdi: koronavirusga qarshi vaksinalar yaratildi; 6-yanvar kuni Tramp tarafdorlari g'alayon ko'tardi. Tashqi siyosatda esa Afg'oniston urushining tugashi ulkan voqea bo'ldi. Shu va boshqa yilning muhim voqealarini tahlil qildik....more31minPlay
December 18, 2021Vashington choyxonasi: Xitoyga qarshi uyg'urlar kurashidagi muvaffaqiyatlar - Dekabr 18, 2021AQSh Kongressi Vakillar palatasi uyg'urlar majburiy mehnatini to'xtatishga oid qonun qabul qildi. Bir guruh davlatlar, xususan, AQSh fevralda Xitoyda bo'ladigan qishki olimpiadani diplomatik boykot qilganini e'lon qildi. Uyg'urlarning Xitoy zulmiga qarshi siyosiy kurashi o'z natijasini beryaptimi?...more34minPlay
December 11, 2021Vashington choyxonasi: Qirg'izistonda o'tgan bir yil tahlili - Dekabr 11, 2021Sadir Japarov Qirg'izistonda hokimiyat tepasiga kelganiga bir yil to'ldi. O'tgan vaqt ichida nimalar yuz berdi? Qirg'iziston qaysi yo'ldan ketmoqda? Mamlakatda yana avtoritar rejim yuzaga kelmoqdami? Qirg'izistonlik jurnalist Davron Hotam bilan shu haqda suhbatlashdik....more31minPlay
December 04, 2021Vashington choyxonasi: Demokratiya sammiti - Dekabr 04, 20219-10-dekabr kunlari AQSh global Demokratiya sammitiga mezbonlik qiladi. Anjumandan ko'zlangan maqsadlar nima? Unda kimlar qatnashyapti va kimlar taklif etilmagan? Vashington demokratiya targ'iboti va inson huquqlari himoyasi bo'yicha yana dunyo yetakchiligiga qaytmoqdami? Shu haqda muloqot qildik....more28minPlay
November 27, 2021Vashington choyxonasi: AQShda ko'chmas mulk bozori, bir million dollarlik uyga sayohat - Noyabr 27, 2021Pandemiya boshlangandan beri AQShda uy-joylarning narxi oshdi. Yangi muhojirlar qachon uy olish haqida o'ylashni boshlashi kerak? Uy olishda nimalarga e'tibor berish lozim? Amerikadagi uylarning narxi qancha? Rieltor Adelya Almetova bilan shu haqda suhbatlashdik....more39minPlay
November 20, 2021Vashington choyxonasi: O'zbekiston oliy ta'limi muammolari - Noyabr 20, 2021O'tgan besh yil ichida O'zbekiston oliy ta'lim tizimida nimalar o'zgardi va nimalar o'zgarmadi? Ta'lim muassasalariga oid muhim qarorlarni qabul qilishda talabalar fikri va ishtiroki qanchalik hisobga olinadi? Jorj Vashington universiteti tadqiqotchisi Furqat Sharipov bilan shu haqda suhbatlashdik....more35minPlay
FAQs about Vashington choyxonasi - Voice of America:How many episodes does Vashington choyxonasi - Voice of America have?The podcast currently has 250 episodes available.