Sign up to save your podcastsEmail addressPasswordRegisterOrContinue with GoogleAlready have an account? Log in here.
Vashington choyxonasi - Amerika va dunyo bo'ylab ro'y berayotgan muhim voqealar va jarayonlar haqida bir piyola choy ustida muloqot - siyosatdan tortib, immigratsiya, salomatlik, ta'lim va tirikchilik... more
FAQs about Vashington choyxonasi - Voice of America:How many episodes does Vashington choyxonasi - Voice of America have?The podcast currently has 250 episodes available.
November 13, 2021Vashington choyxonasi: AQSh nega infratuzilmaga trillionlab dollar sarflamoqda? - Noyabr 14, 2021AQSh Kongressi 1,2 trillion dollarlik infratuzilma qonunini qabul qildi. 1,75 trillion dollarlik yana bir gumanitar infratuzilma loyihasi qabul qilinishi kutilyapti. AQSh buncha pulni qayerdan oladi? Yaqin va uzoq kelajakda Vashington nimalarni ko'zlamoqda? Shu haqda suhbatlashdik....more33minPlay
November 06, 2021Vashington choyxonasi: AQShning 9 ta universitetiga qabul qilingan talaba bilan suhbat - Noyabr 06, 2021Davron Muslimov Jorj Vashington universitetining nufuzli Huquqshunoslik maktabida magistratura darajasida o'qimoqda. U yana 8 ta AQSh universitetiga qabul qilingan. Davron nega bu universitetni tanladi? AQShda o'qish va grant yutib olish uchun nimalar qilish kerak? Suhbatimiz shu haqda bo'ldi....more30minPlay
October 30, 2021Vashington choyxonasi: Mirziyoyev prezidentligining so'nggi muddati - Oktabr 30, 2021Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston prezidenti etib qayta saylandi. Mamlakat Konstitutsiyasiga ko'ra, bu uning ikkinchi, ya'ni so'nggi muddati. Mirziyoyev besh yildan keyin hokimiyatdan ketadimi? Mamlakatdagi siyosiy o'zgarishlar haqida siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov fikrlari bilan tanishing....more26minPlay
October 23, 2021Vashington choyxonasi: saylov, grin karta va ikki fuqarolik haqida - Oktabr 23, 2021AQShdagi o'zbekistonliklar muddatdan oldin prezidentlik saylovida ovoz berdi. "Grin karta" dasturi uchun qabul davom etmoqda. Ikki fuqarolk bo'yicha so'nggi bahs va muhokamalar. AQShdagi o'zbekistonliklar jamiyati faoli, huquqshunos Dilshod Zokirov bilan shu haqda suhbatlashdik....more42minPlay
October 16, 2021Vashington choyxonasi: Tolibon hukmronligi ostidagi hayot - Oktabr 16, 2021Afg'oniston xalqi Tolibon hukmronligi ostida qanday yashayapti? "Amerika Ovozi" muxbiri Abdulbasir Ilg'or guruh nazoratidagi hududda bir oydan ortiq yashab, so'ng mamlakatni tark etdi. U bilan toliblar hukmronligining ilk kunlari, Afg'onistondan qanday chiqqani tafsilotlari haqida suhbatlashdik....more36minPlay
October 09, 2021Vashington choyxonasi: saylov va so'z erkinligi - Oktabr 09, 202124-oktabr - O'zbekistonda prezidentlik saylovi. Unda Shavkat Mirziyoyev qayta saylanishi kutilyapti. Saylov kampaniyalarida o'ziga xoslik bormi? U avvalgi saylovlardan nimasi bilan farq qiladi? Ommaviy axborot vositalari jarayonni qanday yorityapti? Ekspert Gulnoza Said bilan shu haqda gaplashdik....more20minPlay
October 02, 2021Vashington choyxonasi: Tolibon Markaziy Osiyo uchun tahdidmi? - Oktabr 02, 2021O'zbekiston Tolibon bilan hamkorlik qilish yo'lini tanladi. Tojikiston esa guruhni keskin tanqid qilib, Afg'oniston yana terrorchilar makoniga aylanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Kimning yo'li to'g'ri? Tolibon Markaziy Osiyo uchun tahdidmi? Tahlilchi Umida Hoshimova bilan shu haqda gaplashdik....more22minPlay
September 25, 2021Vashington choyxonasi: boylarga qarashli jurnalistika, prezidentlik saylovi va keyingi besh yillik haqida - Sentabr 25, 2021"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida "Rost24.uz" sayti muharriri Anora Sodiqova bilan O'zbekistonda kutilayotgan prezidentlik saylovi, ommaviy axborot vositalarining moliyalanish manbalari hamda "Yangi O'zbekiston"ning keyingi besh yili haqida suhbatlashdik....more26minPlay
September 18, 2021Vashington choyxonasi: Chikagodagi o'zbeklar jamiyatining orzu va armonlari - Sentabr 18, 2021Chikagodagi o'zbeklar qanday orzu va armonlar bilan yashamoqda? Ularni eng ko'p tashvishlantiradigan masalalar nima va bunga ular qanday tayyorlanmoqda? Chikagoga safarimiz davomida qilingan suhbatni e'tiboringizga havola qilamiz....more54minPlay
September 11, 2021Vashington choyxonasi: AQShda yuk tashish biznesini boshlagan vatandosh - Sentabr 11, 2021Akmaljon Jumaboev asos solgan "UMT Global Logistics" kompaniyasi ixtiyorida 150 ga yaqin yuk mashinasi bor. O'zbekistondagi dispetcherlik markazida esa yuzdan ortiq yoshni ish bilan ta'minlagan. AQShda yuk tashish biznesini qanday boshlash mumkin? Akmaljon Jumaboev bilan shu haqda suhbatlashdik....more42minPlay
FAQs about Vashington choyxonasi - Voice of America:How many episodes does Vashington choyxonasi - Voice of America have?The podcast currently has 250 episodes available.