Sign up to save your podcastsEmail addressPasswordRegisterOrContinue with GoogleAlready have an account? Log in here.
Vashington choyxonasi - Amerika va dunyo bo'ylab ro'y berayotgan muhim voqealar va jarayonlar haqida bir piyola choy ustida muloqot - siyosatdan tortib, immigratsiya, salomatlik, ta'lim va tirikchilik... more
FAQs about Vashington choyxonasi - Voice of America:How many episodes does Vashington choyxonasi - Voice of America have?The podcast currently has 250 episodes available.
June 26, 2021Amerikani zabt etayotgan o'zbekistonlik advokat - Iyun 26, 2021Nyu-Yorkning kuchli yosh advokatlar o'ntaligiga kirgan, AQSh Federal sudlarida jinoyat ishlari bo'yicha birinchi o'zbekistonlik advokat Farruh Nuridinov qanday inson? Uning bosib o'tgan yo'llari, vatandoshlar Amerikada duch kelayotgan muammolar haqidagi suhbatimizni tomosha qiling....more42minPlay
June 21, 2021"OASIS" - Vatandoshlar pandemiya davrida ochgan restoran - Iyun 21, 2021Sharqona dizayn va o'zbek milliy taomlari bilan amerikaliklarni ham jalb etayotgan restoran 2020-yilning may oyida ochilgan. O'zbekistonlik tadbirkorlar o'z biznesini pandemiya chig'irig'idan qanday olib o'tdi? Suhbatimizni tomosha qiling....more31minPlay
June 12, 2021Vashington choyxonasi: o'zbek tili va yozuvi muammolari - Iyun 12, 2021O'zbekistonda davlat tili maqomi yuzasidan bahslar davom etyapti. Lotin yozuviga asoslangan alifboni isloh qilish ishlari esa hanuz nihoyasiga yetmagan. Mamlakatda til va imlo bilan bog'liq qanday muammolar bor? Respublika Ta'lim markazi mutaxassisi, tilshunos Orif Tolib bilan shu haqda gaplashdik....more32minPlay
June 05, 2021Vashington choyxonasi: Isroil-Falastin ixtilofi qachon tugaydi? - Iyun 05, 2021G'azodagi qonli to'qnashuvlar nihoyasiga yetdi, ammo ularning kelajakda yana takrorlanishi ehtimoli yuqori. Isroil-Falastin mojarosining nihoyasi bormi? Nega AQSh har doim Isroilni shartsiz qo'llab-quvvatlab keladi? Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bilan shu haqda suhbatlashdik....more37minPlay
May 29, 2021Vashington choyxonasi: grin karta haqida muhim ma'lumotlar - May 29, 20218-may kuni 2022-yil uchun grin karta lotereya dasturi natijalari e'lon qilindi. Yutuq chiqqanlar endi nima qilishi kerak? Ularga viza qachon beriladi? AQSh elchixonasi qachon ochiladi? O'tgan yili yutgan, lekin haligacha viza olmaganlar nima qilishi kerak? Suhbatimizda shu savollarga javob izladik....more35minPlay
May 22, 2021Vashington choyxonasi: AQSh, Afg'oniston va Tolibondan yangi xavotirlar - May 22, 2021AQSh Afg'onistondan askarlarni olib chiqishni boshladi. Ammo Tolibon Amerikani bu masalada kechikkanlikda, o'tgan yilgi kelishuv shartlarini buzganlikda ayblamoqda. Afg'onistonni qanday kelajak kutmoqda? Harbiy jurnalist va tahlilchi Asadulloh Nadim bilan shu haqda suhbatlashdik....more15minPlay
May 15, 2021Vashington choyxonasi: Qirg'iziston va Tojikiston chegara mojarosi tugadimi? - May 15, 2021Aprel oxirida Tojikiston va Qirg'iziston o'rtasida og'ir qurolli to'qnashuvlar yuz berdi. O'nlab odam halok bo'ldi, yuzlab yaradorlar bor. Vaziyat hozir qanday? Qirg'izistonlik ekspert Alisher Hamidov bilan shu haqda suhbatlashdik....more22minPlay
May 08, 2021Vashington choyxonasi: so'z erkinligi, jurnalistlarga bosim va Sattoriy ishi - May 08, 2021O'zbekistonda jurnalistlarga bosim oshdimi? Internetda so'z erkinligi cheklanayotgani haqidagi xavotirlar qanchalik asosli? Bloger Sattoriy sudi nimani anglatadi? "Kun.uz" sayti muxbiri Jamshid Niyozov va Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi tadqiqotchisi Gulnoza Said bilan shu haqda gaplashdik....more31minPlay
May 01, 2021Vashington choyxonasi: O'zbekistonda diniy erkinlik yomonlashdimi? - May 01, 2021Xalqaro diniy erkinlik bo'yicha AQSh komissiyasi O'zbekistonni "Maxsus kuzatuv ostidagilar ro'yxati"ga qo'shishni tavsiya qildi. O'tgan yilning oxirida O'zbekiston bu ro'yxatdan chiqarilgan edi. Mamlakatda vaziyat yana yomonlashyaptimi? Navbatdagi muloqotimiz shu haqda....more30minPlay
April 24, 2021Vashington choyxonasi: iqlim o'zgarishi yo'liga to'siq qo'yildimi? - Aprel 24, 2021Vashington iqlim o'zgarishiga oid ikki kunlik virtual sammitga mezbonlik qildi. Unda dunyoning 40 davlati yetakchilari qatnashdi. Anjuman qanday natija bilan tugadi? Davlatlar iqlim o'zgarishiga qarshi qanday choralar ko'rmoqchi? Shu mavzuni tahlil qilamiz....more17minPlay
FAQs about Vashington choyxonasi - Voice of America:How many episodes does Vashington choyxonasi - Voice of America have?The podcast currently has 250 episodes available.