Sign up to save your podcastsEmail addressPasswordRegisterOrContinue with GoogleAlready have an account? Log in here.
Vashington choyxonasi - Amerika va dunyo bo'ylab ro'y berayotgan muhim voqealar va jarayonlar haqida bir piyola choy ustida muloqot - siyosatdan tortib, immigratsiya, salomatlik, ta'lim va tirikchilik... more
FAQs about Vashington choyxonasi - Voice of America:How many episodes does Vashington choyxonasi - Voice of America have?The podcast currently has 250 episodes available.
April 17, 2021Vashington choyxonasi: ayollar huquqlari, feminizm va jinsiy tarbiya - Aprel 17, 2021Erkak va ayol teng huquqlimi? Ayollar haq-huquqlarining buzilishiga qarshi qanday kurashish kerak? Feminizm nima? O'zbekiston maktablarida jinsiy tarbiya kerakmi? Ayollar huquqlari faoli, tadqiqotchi Feruz Izzat bilan shu haqda suhbatlashdik....more33minPlay
April 10, 2021Vashington choyxonasi: Fulbright dasturiga hujjat qanday topshiriladi? - Aprel 10, 2021AQShda magistratura darajasida o'qish uchun grant beruvchi Fulbright ta'lim dasturiga qabul boshlandi. Hujjat topshirish va barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tish uchun nima qilish kerak? Fulbright dasturi asosida AQShda o'qigan o'zbekistonlik Timur Sabitov bilan shu haqda suhbatlashdik....more33minPlay
April 03, 2021Vashington choyxonasi: hafta yangiliklari, immigratsiya va ta'lim grantlari - Aprel 03, 2021AQSh infratuzilma uchun 2 trillion dollar mablag' ajratmoqchi. Pfizer va BioNTech vaksinalari ta'siri olti oydan keyin ham saqlanib qolishi ma'lum bo'ldi. AQSh elchixonasi qachon ish boshlaydi? AQShda o'qish uchun ta'lim grantlariga qabul davom etmoqda. Bugun shu mavzularda suhbatlashamiz....more17minPlay
March 27, 2021Vashington choyxonasi: Qirg'izistonda yana referendum, chegara muammolari - Mart 28, 202111-aprel kuni Qirg'izistonning yangi konstitutsiyasi bo'yicha referendum o'tkaziladi. O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasida chegara muammolari to'liq bartaraf etilgani xabar qilinmoqda. "Erkin Qirg'iziston" partiyasi rahbari, diplomat va siyosatchi Tursunboy Bakir o'g'li bilan shu haqda gaplashdik....more38minPlay
March 20, 2021Vashington choyxonasi: lotin yozuvi muammolari hal bo'ldimi? - Mart 20, 2021Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosining yangi tahriri muhokamaga qo'yildi. Mutaxassislar qanday fikrda? Shu bilan lotin yozuviga oid bahslar nihoyasiga yetadimi? "Savodxon.uz" loyihasi rahbari Javlon Jo'rayev va jurnalist Farrux Jabborov bilan shu haqda suhbatlashdik....more49minPlay
March 13, 2021Vashington choyxonasi: Xitoy lagerlarida qancha qozoq, qirg'iz va o'zbek bor? - Mart 13, 2021Xitoyda, turli manbalarga ko'ra, ikki millionga yaqin musulmon lagerlarga tashlangan. Bu yerda ular tili, dini va madaniyatidan voz kechishga majburlanishi aytiladi. Mahbuslar orasida qozoq, qirg'iz va o'zbeklar ham bor. Asli shinjonlik huquq faoli Serikjan Bilash bilan shu haqda suhbatlashdik....more38minPlay
March 06, 2021Vashington choyxonasi: Koronavirusga qarshi 1,9 trillion dollarlik loyiha - Mart 06, 2021AQSh pandemiyaga qarshi kurash maqsadida trillionlab dollar sarflashda davom etyapti. Bu galgi yordam o'z ichiga nimalarni oladi? Kimlarga 1400 dollardan yordam puli berilmoqda? Navbatdagi muloqotimizda shu mavzuni muhokama qildik....more32minPlay
February 27, 2021Vashington choyxonasi: Amerikada o'zbekistonliklar jamiyati yo'q bo'lib ketadimi? - Fevral 27, 2021Orhan Boboqurbon o'zbekistonliklarning xorijda tug'ilgan ikkinchi avlodi. O'zbek tilida ravon gapiradi. Uning misoli barcha o'zbekistonliklar uchun xosmi? AQShda yashayotgan o'zbekistonliklarning farzandlari ota-onasi tilida gapiryaptimi? Navbatdagi muloqotimiz shu savollar ustida bo'ldi....more45minPlay
February 20, 2021Vashington choyxonasi - AQShdagi o'zbekistonliklarning eng katta xavotiri nima? - Fevral 20, 2021Amerikada 20-30 yildan beri yashayotgan, farzand va nabiralari shu yerda tug'ilib ulg'aygan o'zbekistonlik oilalar juda ko’p. Ularning eng katta xavotiri nima? AQShdagi o'zbekistonliklar jamiyati yetakchilari Olim Sharipov va Fazliddin Shamsiyev bilan shu haqda suhbatlashdik....more57minPlay
February 13, 2021Vashington choyxonasi: Tramp taqdiri Senat qo'lida - Fevral 13, 2021Sobiq prezident Donald Tramp ustidan impichment masalasi AQSh Senatida ko'rib chiqilmoqda. Jarayon qanday kechmoqda? Agar Tramp aybdor deb topilsa, bu qanday oqibatlarga olib keladi? Tramp ayni paytda nimalar bilan band? "Vashington choyxonasi"da shu haqda suhbatlashdik....more31minPlay
FAQs about Vashington choyxonasi - Voice of America:How many episodes does Vashington choyxonasi - Voice of America have?The podcast currently has 250 episodes available.