Husayn Buxoriy

Husayn Buxoriy

By Husayn BuxoriyArtsBooks
Download on the App Store

Husayn Buxoriy episodes

  • 5-dars — «Shifo» kitobi

    Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak siyratlarini vasf qiluvchi Qozi Iyozning «Shifo» kitobini ustoz Husaynxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan qilingan sharhi

    Mundarija:

    00:00 — Kirish

    01:16 — Nega Qurʼoni Karimni ummul kitob deydi?

    02:45 — Fotiha surasi bayoni. «Bizni toʻgʻri yoʻlga boshlagin, Oʻzing neʼmat bergan zotlarning yoʻliga» oyati sharhi

    06:32 — Hidoyat nima?

    11:42 — Oyatdagi «toʻgʻri yoʻl» degandan murod Muhammad ﷺ

    15:18 — Baqara surasidagi «Kim togʻutga kufr keltirib, Allohga iymon keltirsa, batahqiq, uzilmaydigan mustahkam tutqichni ushlagan boʻladi» oyati sharhi

    18:34 — Oyatdagi «mustahkam tutqich»dan murod Muhammad ﷺ

    19:37 — Ibrohim surasidagi «Agar Allohning neʼmatini sanasangiz, adogʻiga yetolmaysiz» oyati sharhi

    21:05 — Zumar surasidagi «Sodiq (soʻz)ni keltirgan va uni tasdiq qilgan esa, ana oʻshalar taqvodorlardir» oyati sharhi. Oyatdagi «sodiqlikni keltirgan»dan murod Muhammad ﷺ

    23:17 — Raʼd surasidagi «Allohning zikri ila qalblar orom olur» oyati sharhi. Oyatdagi «Allohning zikri»dan murod Muhammad ﷺ

    24:56 — Ikkinchi fasl. Alloh taoloning Nabiyni ﷺ guvoh deb sifatlagani haqida

    24:14 — Alloh taolo Muhammaddan ﷺ boshqa hech kimni rasul yo nabiy deb chaqirmagan

    25:14 — Nabiy nima degani?

    27:02 — Ahzob surasidagi «Ey Nabiy, albatta, Biz seni guvohlik, berguvchi, xushxabarchi va ogohlantiruvchi va Oʻz izni ila Allohga daʼvat qilguvchi hamda nurli chiroq qilib yubordik» oyatlari sharhi

    47:12 — «Nabiy alayhissalom ummiylarga qoʻrgʻondirlar» hadisi sharhi

    49:00 — Bandalik risolatdan ustundir

    51:18 — Alloh Muhammad ﷺ mutavakkil deb nomlagani haqida

    55:45 — Ruh va qalb latif narsa, dagʻallikni qabul qilmaydi

    58:46 — Alloh taolo qiyshiq millatni toʻgʻrilamaguncha Muhammadning ﷺ jonini olmaydi, degan gapni qanday tushunamiz?

    01:00:00 — Muhammadning ﷺ yana boshqa sifatlari

    01:05:43 — Muhammadning ﷺ aqllari hikmatdir

    01:06:26 — Alloh taoloning «Muhammadni ﷺ sodiq, rostgoʻy va vafodor tabiatli qildim», degan soʻzi haqida

    01:09:03 — Muhammadning ﷺ boshqa sifatlari

    01:14:38 — Daʼvat qiluvchilarga eslatma va xotima

    1 hr 19 min
  • 4-dars — «Shifo» kitobi

    Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak siyratlarini vasf qiluvchi Qozi Iyozning «Shifo» kitobini ustoz Husaynxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan qilingan sharhi


    Mundarija:

    00:00 — Kirish. Avvalgi dars takrori

    04:47 — «Ayting, agar Allohni yaxshi koʻrsangiz, menga ergashing, Alloh sizlarni yaxshi koʻradi, gunohlaringizni kechiradi va Alloh sermagʻfirat va doimiy rahm qiluvchidir» oyati sharhi

    10:46 — Muhabbat qalbning ishidir

    15:15 — Alloh taologa boʻlgan muhabbat qanday boʻladi?

    18:56 — Rasululloh alayhissalomga ergashmasdan ham Alloh taoloning muhabbatiga sazovor boʻlsa boʻladimi?

    20:43 — Axloq qachon komil topadi?

    23:00 — Qalbda ham Rasululloh alayhissalomga ergashsa, ana shunda toʻliq sunnatga ergashgan boʻladi

    28:59 — Oyatdagi «Menga ergashing» degani qachon amalga oshadi?

    37:21 — Alloh bilan bandaning orasini toʻsadigan eng katta narsa «men» boʻladi

    42:58 — Bir oyat sharhi

    48:12 — Jaloliddin Rumiy hazratlaridan bir hikoya va undan olinadigan ibrat

    54:59 — Amallarning qabuliyati qalbning holatiga qaraladi

    57:20 — Amallaringizning qaysi biri Allohga mahbub ekanini qayerdan bilamiz?

    58:51 — Nega Allohga muhabbat hosil boʻlishi Rasululloh alayhissalomga ergashishga bogʻlangan?

    01:04:55 — Allohning muhabbati haqida aqiydaviy nukta

    01:07:46 — Alloh taolo Gʻafur va Rahim Zotdir

    01:10:17 — «Ayting, Allohga va rasuliga itoat qiling» oyati sharhi

    01:14:58 — Xotima

    1 hr 16 min
  • 3-dars — «Shifo» kitobi

    Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak siyratlarini vasf qiluvchi Qozi Iyozning «Shifo» kitobini ustoz Husaynxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan qilingan sharhi


    Mundarija:


    00:00 — Kirish. Bu safargi suhbat mavlidni bidʼat deganlarga qaratiladi

    02:24 — Mavlid toatmi yo maʼsiyat?

    05:29 — Taroveh sahobalar davridan beri 20 rakaʼt oʻqiladi. Bu Rasulullohdan ﷺ keyin joriy qilingan. Shunda taroveh ham bidʼatmi?

    15:20 — Mavlidni bidʼat deydiganlarga beriladigan eng oddiy javob

    16:30 — Ozgina hazil va undan olinadigan nukta

    19:16 — Mavlid muboh amallardan

    22:36 — Ilmga aqli yetmagan odam suratga qarab baho beradi

    24:02 — Narsalarda umumiy qoida mubohlikdir

    26:42 — «Rasululloh ﷺ, sahobalar, tobeʼinlar mavlid qilishni buyurmaganlar, qilmaganlar» deydiganlarga javob

    28:07 — Mavlid oʻtkazish Qurʼon musobaqasi oʻtkazish bilan bir xil

    32:18 — «Agar mavlid xayrli ish boʻlganda salaflar qilgan boʻlardi» deydiganlarga javob

    34:37 — «Agar mavlid oʻtkazishdan maqsad Rasulullohga ﷺ muhabbatni izhor qilish boʻlsa, sahoba va tobeʼinlarning muhabbati biznikidan ziyoda edi, lekin ular mavlid qilishmagan» deydiganlarga javob

    35:58 — Mavlid qilmagan ulamolarning ismlarini keltirib, mavlid qilish bidʼat deydiganlarga javob. Muzaffar shoh haqida

    39:45 — «Bugun sizlarga diningizni mukammal qilib berdim» oyatini keltirib, oʻsha paytda mavlid yoʻq edi, demak mavlid qilish bidʼat, deydiganlarga javob

    41:03 — «Rasulullohning ﷺ vafot etgan sanalari 12-rabiʼul avvalga toʻgʻri keladi. Tugʻilgan sanalari 12-rabiʼul avval ekanida esa shak bor. Hozirgi kunda 12-rabiʼul avvalni mavlid qilib oʻtkazayotganlar Rasulullohning ﷺ vafotlarini bayram qilishyapti deydiganlarga javob

    49:02 — Mavlidni rabiʼul avval oyida oʻtkazish mumkin emas, deydiganlarga javob va mavlid mavzusiga xotima

    52:36 — Mashaalloh kalimasi haqida

    1 hr
  • 2-dars — «Shifo» kitobi

    Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak siyratlarini vasf qiluvchi Qozi Iyozning «Shifo» kitobini ustoz Husaynxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan qilingan sharhi

    Mundarija:


    00:00 — Kirish. Tavba surasidagi: «Batahqiq, sizlarga oʻzingizdan boʻlgan, sizning mashaqqat chekishingiz uning uchun ogʻir boʻlgan, sizning (saodatga yetishishingizga) tashna, moʻminlarga marhamatli, mehribon boʻlgan Paygʻambar keldi» oyatining qisqacha sharhi

    12:24 — Alloh taolo Rasululloh alayhissalomning nasablarini odamzodning eng ulugʻlaridan qilgani haqida

    16:14 — Bandalar Alloh taoloning ibodatini oʻzlari bajara olishmaydi. Shuning uchun ham Alloh Rasululloh alayhissalomni yubordi

    23:20 — Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rahmat ekanliklari haqida

    27:33 — Rasulullohning hayotlari ham, oʻlimlari ham rahmatdir

    32:52 — Rasulullohning rahmati Jabroil alayhissalomga ham yetadi

    36:44 — Nur surasining 35-oyati tafsiri (Nurun ʼala nur oyati)

    47:21 — Sharh surasining qisqacha sharhi

    01:13:30 — Sharh surasidagi «Zikringizni koʻtarib qoʻydik» degan oyati haqida

    1 hr 23 min
  • 1. Kirish — «Shifo» kitobi

    Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak siyratlarini vasf qiluvchi Qozi Iyozning «Shifo» kitobini ustoz Husaynxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan qilingan sharhi


    Mundarija:


    00:00 — Kirish. Shifo kitobi haqida eʼtiroflar. Shifo kitobining muallifi haqida

    05:35 — Siyrat nima degani?

    09:12 — «Shifo» kitobining yozilishidan maqsad

    10:11 — Kitob qanday sharh qilinishi haqida

    11:20 — Koʻp kitoblarning muqaddimasida uchraydigan holat

    13:23 — «Shifo» kitobining muqaddimasi

    23:11 — Arab tilidagi uzun gaplarni tushunishdagi bir nukta

    28:01 — Ozgina hazil va shu hazildan olinadigan nukta

    33:01 — Rasulullohning ﷺ faqat zohirlariga qarab baho berish kerak emas

    38:46 — Kitobning yozilish maqsadi

    45:38 — Kitobning bob va fasllari

    55:41 — Kitobning birinchi qismi: Alloh taoloning Muhammadni ﷺ ham soʻz, ham amal bilan ulugʻlaganining bayoni

    01:00:51 — Alloh taoloning Muhammadni ﷺ maqtagani, U zotning ﷺ qadri Allohning huzurida baland ekanining bayoni

    01:01:11 — Tavba surasining 128-oyatining qisqacha sharhi

    01:05:56 — Oyatdan olinadigan nuktalardan biri

    01:17:07 — Rasulullohning ﷺ vazifalari Alloh taoloning oyatlarini eshittirish, yetkazib berish, tilovat va tazkiya, kitob va hikmatni oʻrgatishdir

    01:29:50 — Xotima. Yosh bolalarga eng birinchi oʻrgatilishi kerak boʻlgan ilm qaysi?

    1 hr 33 min
  • 13-dars. «Tibyan» kitobi

    Imom Navaviyning “At-Tibyan fi adabi hamalatil Qur’an” (“Qur’on ko’taruvchilar odoblarining bayoni”) kitobining Husaynxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan qilingan sharhi


    Mundarija:

    00:00 — Kirish. Avvalgi dars takrori

    01:43 — Haqiqiy moʻmin, iymonida sodiq odam kim?

    03:44 — Ibn Ajiba rohmatullohi alayh qanday qilib qalblarini isloh qilganlar? Qalb islohi haqida

    14:26 — Oʻzining zarracha yaxshiligini boshqalar bilishini istamaydigan odam haqiqiy sodiq mo'mindir

    17:03 — Zaynul Obidiyn rohmatullohi alayhning tavoze'lari

    19:01 — Haqiqy moʻmin oʻzida biror kamchilik boʻlsa, odamlar uning shu xatosini bilib qolishini yomon koʻrmaydi

    24:44 — Ustoz va shogird berayotgan va olayotgan ilmlaridan dunyoviy maqsadlariga erishishni maqsad qilmasin

    27:54 — Qurʼon oʻqitayotgan kishi ilmini shogirdidan oʻziga xushmuomilalik, yaxshilikni koʻzlab oʻrgatmasin

    36:36 — «Kim oxirat hosilini istasa, biz unga hosilini ziyoda qilib berurmiz. Kim dunyo hosilini istasa, biz unga oʻshandan berurmiz va unga oxiratda biron nasiba boʻlmas» oyati sharhi

    38:47 — «Kim shoshgan (dunyo)ni istasa, unga bu dunyoda iroda qilgan kishimizga nimani xohlasak, shoshilinch berurmiz. Soʻngra, unga jahannamni berurmiz» oyati sharhi

    44:57 — «Kim Allohning oʻzinigina istab oʻrganiladigan ilmni dunyoviy maqsadlardan biriga erishish uchun oʻrgansa, qiyomat kuni jannatning hidini ham hidlamaydi» hadisi sharhi

    50:51 — «Kim ilmni ulamolar bilan tortishish uchun oʻrgansa, doʻzaxdan joyini tayyiorlab qoʻysin» hadisi sharhi

    01:04:53 — Xotima

    1 hr 7 min
  • 12-dars. «Tibyan» kitobi

    Imom Navaviyning “At-Tibyan fi adabi hamalatil Qur’an” (“Qur’on ko’taruvchilar odoblarining bayoni”) kitobining Husaynxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan qilingan sharhi


    Mundarija:

    00:00 — Kirish. Kitobning maqsudi bo'lgan to'rtinchi bob: Qur'oni Karimni o'rgatuvchi va o'rganuvchilarning odobi

    07:15 — Qur'on o'quvchi va o'qituvchining odoblari

    08:39 — Qur'on o'rgatuvchi va o'rganuvchining qasdi Allohning roziligi bo'lishi kerak

    11:29 — Jannatni nima uchun so'raymiz?

    17:30 — Nima uchun dinimiz Islom deb nomlangani haqida. Bayyina surasidagi oyatlar sharhi. To'g'ri yo'ldan murod nima?

    22:38 — Bandalik, ibodat va ubudiyat. Shar'iy va kavniy hukmlar nima?

    32:10 — Oyatdagi xolislik va haniflik haqida

    43:56 — «Amallar niyatga bog'liqdir» hadisi sharhi

    51:01 — Islomning asosi qalb amali hisoblanadi

    52:28 — Ixlos haqida

    01:27:37 — Xotima

    1 hr 28 min
  • 11-dars. «Tibyan» kitobi

    Imom Navaviyning “At-Tibyan fi adabi hamalatil Qur’an” (“Qur’on ko’taruvchilar odoblarining bayoni”) kitobining Husaynxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan qilingan sharhi


    Mundarija:

    00:00 — Kirish. «Rasululloh alayhissalom bizlarni odamlarni oʻz oʻrniga qoʻyishga buyurdilar» hadisi sharhi

    04:03 — Qurʼon ahlini oʻz oʻrniga qoʻyish qanday boʻladi?

    06:30 — Qurʼon ahlining oʻrniga qaysi? Hadisga amal

    07:22 — Uhudda shahid boʻlganlarni dafn qilishda qorilarni avval qoʻyilgani haqidagi hadis sharhi

    12:53 — Sahobalar orasida bir-birlarining ehtiromlarini oʻz oʻrniga qoʻyishlariga misol

    14:37 — «Kim mening bir valiyimga ozor bersa, men unga urush eʼlon qilaman» hadisi sharhi

    16:10 — Valiy nima degani?

    17:47 — «Alloh urush ochdi» deganda nimani tushunamiz?

    19:11 — «Kim bomdodni oʻqisa, U Allohning himoyasidadir» hadisi sharhi

    21:14 — Ulamolarning «Agar ulamolar Allohning valiylari boʻlmsa, Allohning doʻsti yoʻq» degan gaplari haqida

    22:39 — «Ulamolarning goʻshtlari zaharlangandir»

    29:34 — Xotima

    30 min
  • 10-dars. «Tibyan» kitobi

    Imom Navaviyning “At-Tibyan fi adabi hamalatil Qur’an” (“Qur’on ko’taruvchilar odoblarining bayoni”) kitobining Husaynxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan qilingan sharhi


    00:00 — Kirish.

    01:09 — Qurʼon ahlini hurmat qilish. Ularga ozor berish harom ekani haqidagi bob

    02:05 — Haj surasidagi «Kimki Allohning shiorlarini ulugʻlasa, bu qalbning taqvosidandir» oyatining sharhi

    05:19 — Oyatdagi «shior»dan murod nima?

    06:17 — Oyatdagi «qalbning taqvosidandir» degandan murod nima?

    07:12 — Taqvo qalbda boʻladi

    09:18 — Allohning shiorlarini hurmat qilishga misol

    13:29 — Taʼzim qalbning amalidir

    17:34 — Qurʼon sohibi nima uchun eʼzozlanadi?

    22:29 — Kim Qurʼonga sohib boʻlsa, endi u avvalgi odam emas

    26:44 — Haj surasidagi «Kim Alloh harom qilgan narsalarga rioya qilsa, bas, bu Robbi huzurida uning oʻzi uchun yaxshidir» oyati sharhi

    29:20 — Alloh nima uchun Bishr Hofiyni oʻzining sevikli bandalaridan qildi?

    33:31 — Ahli Qurʼonni ulugʻlash Allohni ulugʻlashdir

    34:14 — Imom Buxoriyning ulugʻlikka yetishlarining sabablaridan biri

    37:37 — Shuaro surasidagi «Qanotingni moʻminlardan senga ergashganlarga pastlat» oyati sharhi

    38:58 — Rasululloh ﷺ ikki olamning sarvari boʻla turib moʻminlarga oʻzlarini quyi tutishlari buyurilgan. Biz-chi?

    39:48 — Iymon va Rasulullohga ﷺ ergashishda eng komil inson ahli Qurʼondir

    41:59 — Bir odamga taʼzim qilayotganimizda qalbimizga qaraylik

    45:06 — Ahzob surasidagi «Moʻmin-u moʻminalarga ular qilmagan ishlarida ozor beradiganlar, boʻxton va ochiq-oydin gunohni oʻzlariga yuklabdilar» oyati sharhi

    55:03 — «Soch-soqoli oqargan moʻminni, Qurʼon homilini, adolatli hukmronni ikrom qilish Alloh taoloni ikrom qilish jumlasiga kiradi» hadisi sharhi

    57:03 — Soch-soqoli oqargan moʻminni ikrom qilish nima degani?

    58:28 — Qurʼon homilini ikrom qilish nima degani?

    59:13 — Qurʼonda gʻuluvga ketish va Qurʼonga jafo qilmaslik nima degani?

    01:02:46 — Adolatli hukmronni ikrom qilish nima degani?

    01:03:44 — Hadisdagi bir nukta

    01:08:50 — Qurʼondan uzoqlashmaslik uchun tavsiyalar

    01:13:11 — Xotima

    1 hr 15 min
  • 9-dars. «Tibyan» kitobi

    Imom Navaviyning “At-Tibyan fi adabi hamalatil Qur’an” (“Qur’on ko’taruvchilar odoblarining bayoni”) kitobining Husaynxon Yahyo Abdulmajid tomonlaridan qilingan sharhi


    Mundarija: Qurʼon oʻqish va qorining boshqalardan afzalligi


    00:00 — Kirish. Ikkinchi bob. Qurʼon oʻqishning va qorining boshqalardan afzalligi haqida

    02:24 — «Qavmga ularning ichida Allohning kitobiga eng yaxshi qorisi imom boʻladi» hadisi sharhi

    04:59 — Islom insonlarni birlashtiruvchi din

    07:08 — Hadisdagi «Qurʼonni eng yaxshi oʻquvchisi» deganda Qurʼonni oʻqish bilan birga sharʼiy bilimlarni ham eng yaxshi biluvchisi nazarda tutiladi

    11:32 — Hadisdan olinadigan nukta

    12:21 — «Umar ibn Xattob hammajlislikka qorilarni tanlagan edilar» hadisi sharhi

    17:03 — Avval oʻtgan ulugʻlarimizning barchalari qori, shariat ulamolari boʻlishgan

    29:24 — Imom Navaviyning «Qurʼon qiroati tasbeh va tahlillardan afzaldir» soʻzlari haqida

    32:10 — Hadislardan olinadigan foydalar, nuktalar va xotima


    34 min

About Husayn Buxoriy

From the publisher's feed

Shiorimiz:

More shows like Husayn Buxoriy

Mishary Rashid Alafasy by Muslim Central

Mishary Rashid Alafasy

481 Listeners

Yasser Al Dossari by Muslim Central

Yasser Al Dossari

103 Listeners

Raad Mohammad al Kurdi by Muslim Central

Raad Mohammad al Kurdi

211 Listeners

Начнем с понедельника by Start Monday

Начнем с понедельника

35 Listeners

Abdulloh Domla by Ansar

Abdulloh Domla

5 Listeners

The Holy Quran, Sheikh Maher Al-Muaiqly | القران الكريم ماهر المعيقلي by Sheikh Maher Al-Muaiqly

The Holy Quran, Sheikh Maher Al-Muaiqly | القران الكريم ماهر المعيقلي

25 Listeners